44
Solomon, “Eski ahd”, Yangi Ahd”, stoiklar, Seneka, Filon, patristika, apalagetlar,
katoliklar, pravoslavlar, protestantlar.
1. Talabalarga xristianlik dinining kelib chiqishi haqida gapirar ekanmiz, bu
din Falestin aholisilarning dini bo’lmish
Yahudiylik dinining asosida, ortodoksal
ta’limotga qarshi bo’lgan qumroniylar jamoasi bag’rida vujudga kelganligi,
Falestin Rim imperiyasi tarkibiga kirganligi uchun butun imperiadagi sharoit
haqida ma’lumot berishimiz maqsadga muvoffiqdir.
Hozirgi davrda e’tiqod qiluvchilarning ko’pligi (2,3 mlrd.ga yaqin)
jihatidan va
xalqaro miqyosda nufuzli o’pinga ega dinlardan biri xristianlikdir. Xristianlik milodiy
I asrning boshlarida Rim imperiyasiniig mustamlakasi bo’lgan Falastinda vujudga
kelgan. «Xristianlik» iborasi qadimgi Yahudiy tilidagi “mashiax” so’zining grek tiliga
tarjimasida «xristos», ya’ni muqaddas yog’ surtilgan, messiya (mahdiy) degan
ma’nolarni anglatadi.
Talabalar xristian dini vujudga
kelgan davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlar xaqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari shart. Falastin milodiy I asrda
Rim imperiyasining provinsiya (viloyat)laridan biri bo’lgan. By davrda Rim
jamiyatining inqirozi uning provinsiyalarida yanada keskin tus olgan.
Falastinda
yashovchi Yahudiylar imperiyaga bo’ysundirilgan boshqa xalqlar qatori,
mustamlakachilar va maxalliy hukmdorlarning zulmidan ezilganlar. Shu bois, norozi
xalq mustabid tuzumga qarshi kurash olib borgan. Lekin chirigai imperiya
hanuzgacha katta harbiy qudratga ega bo’lganligi sababli, qo’zg’olonlarni
shafqatsizlik bilan bostirishga qodir edi. Uzoq vaqt davom etgan kurashning
muntazam bostirilishi natijasida mazlum halq orasida adolatsiz tuzumni yo’q qilib,
ilohiy podsholik quradigan haloskor – messiya (mahdiy) to’g’risidagi
G
’
OYA
yuzaga
kelgan. Messiya haqidagi g’oya faqat diniy-mifologik xarakterga ega bo’lmay, balki
xalqni ijtimoiy
hayotdagi adolatsizliklar, shavqatsizliklarni tugatilishiga intilish
bilan bog’liq edi.
20
Ayni paytda, halkning ezgu-niyatlaridan o’z maqsadi yo’lida
foydalanishga intiluvchilar, ayrim zohidlar,
diniy mazhablarning vakillari, hatto
tavakkalchi lo’ttivozlar o’zlarini mahdiy deb e’lon qilganlar.
Messiyachilik harakati odatda mustabid tuzumga qarshi umumxalq qurolli
kurashi va uning shafqatsizlarcha bostirilishi bilan yakunlanar edi. Shuning uchun
hukumat messiyachilik harakatiga qarshi keskin kurash olib borgan.
Biroq
davlatning unga qarshi keskin tadbirlari messiyachilik hapakatini uzil-kesil yo’qota
olmagan.
Demak, talabalarga messiyachilik harakati faqat davlat hokimiyatigagina emas, uni
qo’llab-quvvatlovchi rasmiy mafkuraga va dinga ham qarshi bo’lganligini tushuntirish
maqsadga muvoffiqdir. Shu bois ortodoksal din hokimiyatning messiyachilikka qarshi
keskin kurashini qo’llashlari bilan birga, unda faol ishtirok etganlar.
Demak, messiyachilik harakati Rim imperiyasining zulmiga qarshi,
mahalliy
xokimiyat va ularni qo’llab-quvvatlovchi ortodoksal dinga qarshi kurash sifatida
vujudga kelgan.
20
Амусин И.Д. Кумранская община. М., 1994. - С. 162.
45
Milodiy I asrda Falastinda messiyachilik harakati shu qadar keng yoyilganki,
mahalliy aholi ongida buyuk xaloskor-messiya Iso Masih (Iisus Xristos) to’g’risidagi
diniy rivoyatlarning vujudga kelishi va mustahkamlanishiga sabab bo’lgan.
Iso Masihning hayoti va faoliyati
Dostları ilə paylaş: