52
vaqtdan boshlab, odamlarga berilgan «birlamchi gunoh» jazosi bekor qilinadi,
insonlarning baxtli va boqiy hayot davri boshlanadi;
5)
JANNAT VA DO’ZAXGA ISHONISH.
Jannat va do’zax - odamlarning
o’lganidan keyin erdagi xulq-atvorlariga ko’ra ruhlari oxiratgacha turadigan joy;
6)
OXIRATGA
ISHONISH.
Xristianlik
ta’limotiga
binoan,
oxirat
boshlanishidan oldin erga Antixrist keladi va qiyomat-qoyim boshlanadi. Oxir-
oqibatda Iso Masih erga qaytib kelib, Antixristni engadi. O’lganlar qayta tiriladi,
tiriklar va o’lganlar qayta ajrim qilinib, Yangi hayot boshlanadi;
7)
AXLOQ
QOIDALARINING
DINIY
TA’LIMOTDAGI
KATTA
AHAMIYATI.
Xristianlik axloqidagi ustuvor qoidalar xudoni sevish va Yaqin
kishiga bo’lgan muhabbatdir. Yaqin kishini sevish odamning o’z Yaqin
qarindoshlarinigina emas, balki u bilan bevosita muloqotda bo’lgan odamlarni
ham sevishini bildiradi. Xudo asosiy axloqiy qadriyat sanaladi va odamlardagi
mo’minlik, haqiqatni izlash, rahimdillik va tinchliksevarlik fazilatlari ulug’lanadi.
Demak, xristian dinida ham, boshqa dinlar singari, axloqiy masalalarga alohida
e’tibor qaratilgan. Kishilarning o’zaro munosabatlarida samimiylik, sadoqat, ishonch,
poklik va muhabbat eng asosiy fazilatlar deb ta’kidlangan.
4. Talabalarga ma’lum bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
shart-sharoitlar ta’sirida kelishmovchiliklar – ichki nizolar kelib chiqishi oqibatida
dinlarda bir necha oqimlar vujudga kelganligini tushuntirish darkor. Xristian dini
ham bundan istisno emas. VI-asrga kelib xristian dinining jamiyatdagi tutgan
mavqei o’zgargan. Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan.
Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijgimoiy-siyosiy
va ma’naviy mavqei o’zgargan, cherkovnnng mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va
mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya kilish vazifalari ustunlik qila boshlagan.
Davlat hokimiyati cherkovning aholi o’rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda,
Dostları ilə paylaş: