ISO MASIHNING XALOSKOR – MESSIYA EKANLIGIGA ISHONISH. Xudo
Adam (Odam Ato) va
Eva ( Momo Havo)larning «birlamchi gunohi»ni afv
etish va odamlarga ilohiy haqiqatni etkazish maqsadida o’z o’g’lini er yuziga
yuborgan. Iso Masih erdagi hayot iztiroblari va o’limi bilan ularning gunohlarini
o’z zimmasiga olgan. Odamlarga xalos bo’lishning to’g’ri yo’lini ko’rsatib,
xristianlikka asos solgan;
3)
ISO MASIHNING QAYTA TIRILISHIGA ISHONISH. Iso Masih
o’ldirilganidan keyin uch kun o’tgach qayta tirilgan va 40 kundan keyin osmonga
ko’tarilgan. U er yuziga yana bir marta oxiratda Dajjol (Antixrist)ni o’ldirib,
o’liklar va tiriklarni so’roq qilish va ilohiy podsholikni qurish uchun qaytib keladi;
4)
ODAMNING GUNOHKORLIGI VA UNDAN XALOS BO’LISHIGA ISHONISH. Xudo odamlarning ajdodi Adam va Evani o’zining jismiga o’xshash
qilib yaratgan va ularga boqiy hayot baxshida etgan, moddiy dunyoga egalik qilish
va boshqarishni buyurgan. Jannatda yashayotgan Adam va Eva xudodek bo’lishga
intilib,
man
qilingan
«
donishmandlik» daraxtining
mevasini
eganlar.
Oqibatda odam boshqa jonzodlar bilmaydigan yaxshilik va yomonlikni farqlay
boshlagan, uyat nimaligini tushungan. Shu bois insoniyat hayotida cheksiz
muammolar paydo bo’lgan. Xudo ularni bu qilmishlari uchun jazolagan: birinchidan,
odamlar yalpi gunohkorlikka mahkum qilinganlar; ikkinchidan, boqiy haet imtiyozi
bekor kilingan.
Xristianlikda birlamchi gunoh oqibatlaridan qutulish yullari ko’rsatilgan. Bu ish
bir necha bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda Iso Masih erga kelib, erdagi iztiroblari va
o’limi bilan
birlamchi gunohni o’z zimmasiga olgan.