54
Rim papasining rasmiy xujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar
sifatida qabul qilingan.
26
Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslavienikiga Yaqin turadi. Unda
pravoslaviedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va
7
ta sirli marosimi tan
olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo’shimchalar kiritilgan. 589 yilda
qabul qilingan
filioka
(lotinchadan so’zma-so’z tarjimasi o’g’ildan ham
degan
ma’noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh, Xudo Ota va XudoO’g’il
(Iso)dan paydo bo’lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning erdagi noibi deb tan
olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati
avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo’yiladi.
Shuningdek, katolitsizmda odam o’lganidan keyin ruhi jannat va do’zax
oralig’idagi
a’rofga
tushishi to’g’risidagi aqida mavjud. Unga ko’ra, tirikligida
gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi
arof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab
jarayon, chunki ruhning a’rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o’zining ortiqcha
savobini berishi lozim. Shu bois cherkov savob ishlarning zahirasini vujudga
keltiradi. Arofda qiynoqqa duchor qilingan odamlar o’z
ruhlarini jannatga o’tkazish
uchun zahiradan foydalanadilar. Savob ishlar zahirasi Iso Masih, Bibi Mariyam,
avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil qilinadi
va doimo to’ldirib boriladi. Zahira doimo to’ldirib turilishi uchun cherkov kishilarni
doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi.
O’rta asrlarda a’rof hakidagi aqida
Dostları ilə paylaş: