XI asrdan boshlab selebat , ya’ni rohib va rohibalarning turmush qurmasligi
qoidasiga amal qilinadi. Ruhoniy xudo va odamlar o’rtasidagi vositachi deb tan
olinadi. Odamlarning o’zlari ruhoniyning yordamisiz va murabbiyligisiz mustaqil
ilohiy haqiqatga erisha olmaydilar deb hisoblanadi. Ular diniy tashkilot vazifasini
bajaruvchi ordenlarga birlashganlar. Katolik cherkovida
iezuitlar (Iso jamiyati), fransiskanlar, salezianlar, dominikanlar, kaputsinlar, xristian birodarlari, benediktlar kabi katta-katta rohiblik ordenlari mavjud. Orden a’zolari kiyim-
kechagi bilan bir-biridan farq qiladilar.
Talabalarga shuni ta’kidlash joizki, katolitsizmda diniy tashkilotlarni
boshqarishning murakkab tizimi vujudga keltirilgan. Yuqorida qayd etilganidek,
katoliklar Er sharining barcha qit’alariga yoyilgan va xalqapo markazi Vatikanda
joylashgan. Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Vatikan Rim shahrining markazida
joylashgan. Maydoii - 44 gektar. 1929 yilda Musolini hukumati va Rim papasi Piy
XI o’rtasida tuzilgan Lateran shartnomasiga binoan Vatikanga shahar-davlat maqomi
berilgan va u davlat suverenitetiga ega bo’lgan. Har qanday suveren davlat kabi uning
xududi, chegarasi, fuqarolari, gerbi, bayrog’i va madhiyasi bor. Vatikanni dunyoning
ko’p mamlakatlari tan olgan va u bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan. Aksariyat xalqaro
tashkilotlar, jumladan BMT, YUNESKO, MAGATE, Evropa Kengashi
kabilarning ishlarida Vatikan kuzatuvchilari ishtirok etadi.
Rim papasini
kardinallar (lotincha
cardinalis — asosiy, katta, eng muhim
degan ma’nalarni anglatadi), ya’ni katolik cherkovida papadan keyin turuvchi
mansabdor shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylaydi. Hozirgi kunda Rim papasi
nemis millatiga mansub Benedikt XVI.
Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul qilingan. Unga
ko’ra, Rim papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiniig boshlig’idir.
Davlatning Markaziy ma’muriy boshqaruv apparatiga Rim kuriyasi rahbarlik
qiladi. U dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan katolik
cherkovi va Vatikanga buysunuvchi dunyoviy tashkilotlarning ishlarini boshqaradi,
Rim kuriyasi davlat kotibiyati, 9ta kongregatsiya (lotincha