51
1)
XUDOGA ISHONISH -
Xristianlikda xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir. U Ota
xudo, O’g’il xudo (Iso Macih) va Muqaddas Ruhdan iboratdir. Ota xudo tug’ilish
yo’li bilan paydo bo’lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Olam va undagi
mavjudotlar uning faoliyati mahsulidir. O’g’il xudo (Iso Masih) mo’’jizali ravishda
tug’ilgan. U — xristianlikning asoschisi. Muqaddas Ruh esa Ota xudodan paydo
bo’lgan
24
. Xristian-likdagi xudo obrazi boshqa dinlardagi xudo obrazlaridan farq
qiladi. Masalan, Qadimgi Gretsiya xudolari kabi shuhratparastlik, odamlar taqdiriga
befarqlik, aysh-ishratga moyillik, manmanlik, shafqatsizlik, qasoskorlik na
odamlarga xos boshqa illatlar unda yuk. Xudolar o’rtasida hokimiyat uchun o’zaro
keskin kurash ham yuq. Xristianlikda xudo odamlarning aql-idroki bilan tushunib
bo’lmaydigan tilsimot bo’lib, u ilohiy dunyoda mavjud. Xudo muhabbatdir. U
odamlarga hech qachon yomonlik qilmaydi. Yomonlik insonning birlamchi
gunohkorligi va noto’g’ri turmush tarzining natijasidir
25
.
2)
Dostları ilə paylaş: