83
O’z mazmuniga ko’ra, Qur’on turli qonun-qoidalar majmui, an’ana va udumlar,
afsona va rivoyatlardan iborat bo’lib, ularning ko’pchiligi arab aholisi o’rtasida keng
tarqatilgan. Quronda asosan yakkayu-Yagona yaratuvchi xudo - Alloh va uning
irodasiga so’zsiz itoat etish lozimligi haqida gapiriladi. Qur’onga binoan, Alloh
olamni olti kun davomida, ya’ni birinchi kun samoni, ikkinchi kun Kuyosh, Oy,
yulduzlar va shamolni, uchinchi kun erda va suvda yashovchi turli maxluqlar,
shuningdek osmonda yashovchi farishtalar va havoni, to’rtinchi kun suvni (barcha
maxluqlarga taom belgilagan va shu kundan e’tiboran uning irodasiga binoan,
daryolar oqa boshlagan), beshinchi kun jannatni, oltinchi kun Odam Ato va
Momo Havolarni yaratgan. Shanba kuni esa hech narsa yaratilmagan, barcha ishlar
yakunlangan bo’lib, olamda osoyishtalik va uyg’unlik hukm surgan.
Qur’onga ko’ra, Alloh etti olamni yaratib, ularni ustma-ust joylashtirgan. Eng
quyi olamda Quyosh va Oyni mustahkamlagan. So’ng u erni odamlar oyog’i
ostiga gilam kabi to’shagan va uning surilib ketmasligi uchun ustiga tog’larni
bostirib qo’ygan. Insonni yaratish xudoning faoliyatidagi eng oliy ish
hisoblanadi. Alloh dastlab barcha go’zal narsalarni, keyin odamni yaratishga
kirishgan. U inson jismini tuproq va loydan yasab, muayyan tuzilish ato
etgan, so’ng ko’z, quloq, yurak bilan to’ldirib, muqaddas ruhiy hayot
bag’ishlagan.
Qur’on matni mazmunini tushunish asrlar davomida qiyinlashib borgan.
Muqaddas kitobni tafsir qilish (izohlash) an’anasi muammoni yanada
murakkablashtirgan. Tafsirning xilma-xil tiplari mavjud. Ularning eng
asosiylari qadimgi rivoyatlarga, ilk sharhlarga tayanib tafsirlash, ilohiyotga
asoslanib, Qur’onni ichki ziddiyatlardan xoli, an’anaviy kurashlar bilan
tushunib bo’lmasligiga asoslanib ratsional tafsir qilish, muqaddas kitobning
mazmunini tushunishni darajalovchi tafsir. Bunda kishining ma’naviy
barkamolligi va tushunchasiga katta e’tibor berilgan. Qur’onning matnini tafsir
qilish uni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotga
moslashtirishga
imkon bergan.
3. Islomning muqaddas manbai — Qur’oni Karim ijtimoiy hayotdagi
o’zgarishlarga to’liq javob berish imkoniyatiga ega emas edi. Shu tariqa pand-
nasihatlar yig’indisi —
sunnat
(arabchada as-sunna, ko’plikda sunan — odat,
an’ana, xatti-harakat tarzi kabi ma’nolarni anglatadi) vujudga kelgan. Islomda
sunnat ahamiyati jihatdan Qur’ondan keyin turadi. U Muhammad (SAV)ning
so’zlari va xatti-harakatlari bayon qilingan muqaddas rivoyatlardan iborat.
Sunnat VII asrning o’rtalarida vujudga kelgan.
Sunnat
Dostları ilə paylaş: