Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
True

Ikkinchi Makka davri
(616-619 yillar). Bu suralar Muhammad payg’ambar 
va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko’pchiligi Habashistonga 
ko’chib ketgan vaqtda o’qilgan. Bu suralarda Allohning «Rahmon» sifatida ko’p 
tilga olinganligi sababli Evropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3. 
Uchinchi Makka davri
(619 yil boshlaridan – 622 yil sentyabrigacha). Bu 
davrda ham Muhammad payg’ambar va uning izdoshlari ta’qib ostida yashaganlar, 
maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr 
suralarida payg’ambarlar haqidagi asotir-hikoyatlarga keng o’rin berilganligi 
sababli, evropalik olimlar bularga «Payg’ambarlik suralari» deb nom berganlar.
Tarixiy voqealarni aniqroq aks ettirishini e’tiborga olgan holda Madinada 
tushirilgan 24 ta suraning nozil bo’lish davrini quyidagi besh bosqichga ajratish 
mumkin: 
A. I davr (622 yil oktyabridan 624 yilgacha). Muhammad payg’ambar 
Madinaga ko’chib o’tganlaridan so’ng to makkaliklar bilan birinchi yirik 
to’qnashuv – Badr jangigacha o’qilgan 4 sura bu davrga kiradi.
B. II davr (624 yil martidan 625 yil martigacha). Bu davr Badr jangidan to 
Uhud jangigacha o’tgan bir yil mobaynida o’qilgan 3 surani o’z ichiga oladi.
V. III davr (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhuddagi mag’lubiyatdan to 
Xandaq jangigacha o’tgan ikki yil ichida beshta sura nozil bo’lgan. 
G. IV davr (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Bu davrga Xandaq 
jangidan to Makka fathigacha o’tgan salkam uch yil ichida o’qilgan 8 sura kiradi.
D. V davr (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fathidan Muhammad 
payg’ambarning vafotigacha o’tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida yana to’rtta 
sura nozil bo’lgan. 
Muhammad davrida diniy ta’limot tartib bilan yozib borilmagan. Uning 
hayotligida muqaddas bitikka ehtiyoj bo’lmagan, chunki din va davlat ishlari 
bilan bog’liq masalalarni payg’ambarning o’zi bevosita hal
 
etgan. U vafot 
etganidan keyin diniy ta’limot bayon etilgan muqaddas yozuvlarga ehtiyoj 
tug’ilgan. Muqaddas bitikningi yagona matnini tayyorlash maqsadida xalifa Abu 
Bakr 632 yilda Qur’on sahifalarini to’plab, dastxat qilishni 
sahoba 
(arabchada – 
hamroh, do’st degan ma’nolarni anglatali) Muhammad Zayd ibn Sobitga 
topshirgan. Uning tahririda tayyorlangan qo’lyozma matni 
suhuf 
(arabchada 
35
Ислом маърифати. Назарий-услубий қўлланма. Т., 2005й. 7-8 бетлар. 


82
sahifalar degan ma’noni anglatadi) deb nomlangan. Lekin suhuf matni bilan 
Qur’on 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin