Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
True

Tayanch so’z va iboralar: 
Qur’on, Laylat-ul qadr,
 
tavotur, suhuf, sura, oyat, 
qirovat, nasx, sababi nuzul, hadislar, muhaddis, sahih hadislar, musnad, sunan. 
1. Qur’oni Karim – Alloh tarafidan 23 yilga Yaqin muddat mobaynida Muhammad 
payg’ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy (sakral) kitobdir. Bu 
kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri 
ahl as-sunna va-l-jamoa
ta’limotiga ko’ra, Qur’on Alloh taoloning so’zi va uning 
azaliy ilmidir. 
Muqaddas Yozuv ko’p nomlaridan biri bo’lgan «Qur’on» so’zi – arabcha «qara’a» 
(o’qimoq) fe’lidan olingan. Boshqa fikrga binoan, u suryoniy tilidagi «kerain» – 
«muqaddas yozuv» ma’nosini bildiruvchi so’zdan olingan. Musulmon an’analariga 
ko’ra, Allohning irodasi va o’gitlari Muhammad payg’ambarga farishta Jabroil orqali 
vahiy 
(arabchada — uqtirilgan degan ma’noni anglatadi) qilingan. Vahiy kelgan 
kun islomda 
Laylat-ul qadr
kechasi (arabchada - taqdirnn hal qiladigan kecha 
degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi. O’z navbatida, payg’ambar bu o’gitlarni 
kishilarga etkazgan. Bu narsa musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onda bayon 
etilgan. 


81
Ullamolar Qur’onni quyidagicha ta’riflaydilar: “
Qur’on 
– Alloh taoloning 
Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilgan
tavotur 
(kalomni yolg’onga 
chiqarib bo’lmaydigan darajada ko’p sonli kishilar tomonidan naql qilinishi) ila 
naql qilingan, ibodatda o’qiladigan, (barchani) lol qoldiruvchi kalomidir”.
35
Islomshunoslik va qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik 
tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin: 
1. 
Birinchi Makka davri
(610-615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod 
namunalari bo’lgan saj’ janridagi suralar o’qilgan. Evropa olimlari ularga «Nazmiy 
suralar» deb nom berganlar.
2. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin