Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
True

mu’taziliylar
(arabchada - ajralib chiqqanlar, 
uzoqlashganlar degan ma’nolarni anglatadi) oqimi VIII asrda yuzaga kelgan. 
Oqimga Vosil ibn Ato (699-748) asos solgan. Uning a’zolari falsafa va mantiqning 
metod va tushunchalarini ilohiyotga tadbiq etib, mistikaga qarshi chiqqanlar, Qur’on 
va sunnatni aql-idrokka mos talqin etish hamda islomga ratsionalistik elementlarni 
kiritish tarafdorlari bo’lganlar. Mu’taziliylar ta’limoti VIII asrning birinchi yarmida 
rasmiy e’tiqod sifatida qabul qilingan. VIII asrning o’rtalaridan boshlab ortodoksal 
e’tiqod tarafdorlarining hokimiyatda ustunlikni qo’lga kiritganliklari sababli, bu 
oqim taqiqlangan va ta’qib qilingan. U hukumat tomonidan to’xtovsiz taqib 
qilinganligi sababli O’rta Sharqda XI—XII asrlarda, Markaziy Osiyoda XIII—XIV 
asrlarga kelib yo’q bo’lib ketgan. Mazkur oqimning mintaqadagi so’nggi vakillaridan 
biri — Zamaxshariydir.
33
Islom dinida mistik va tarkidunyochilik g’oyasiga asoslangan 
sufizm 
oqimi 
ham mavjud bo’lib, u taxminan VIII asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. 
Uning keng yoyilishi XI asrga to’g’ri keladi. Sufizmning (arabchada – jun, qo’pol 
jun kiyim, jun kiyim kiyib yuruvchi degan ma’nolarni anglatadi) asosiy g’oyasi 
barcha musulmonlarning Alloh oldida tengligi to’g’risidagi aqidaga asoslanadi. 
Sufiylar odamlarni halol pok bo’lishga, kasb xunar egallab o’z mehnati bilan 
yashashga, boshqalarning mehnatidan foydalanmaslikka, tenglik va ijtimoiy adolat 
qoidalariga amal qilishga da’vat etadilar. 
Sufizm ta’limotida buddizm va neoplatonizm elementlari ham mavjud bo’lib, 
ular sufizmning panteistik ta’limotida yaqqol ko’rinadi. Panteizmning mohiyati 
shundaki, unda barcha narsa va hodisalar jonli hisoblanib, Alloh irodasining ifodasi deb 
ta’kidlanadi. Sufiylarning asosiy g’oyasiga ko’ra, kishi bu dunyodagi faoliyatini faqat 
bir maqsadga — Alloh bilan uyg’unlashishga, birlashishga safarbar etmog’i
lozim. 
Ilohiy haqiqatga kishi asta-sekin, bosqichma-bosqich erishadi. 
33
Ўрта Осиё халқлари ҳурфикрлилиги тарихидан. Т., 1990. 36-37 бетлар. 


79
Islom dinining asosiy yo’nalishlari va oqimlari xususida to’xtalganda 
undagi ikki asosiy tamoyil yoki yo’nalish hakida gapirmaslik mumkin emas. 
U islom dini paydo bo’lganidan buyon o’tgan 1400 yillik ijtimoiy taraqqiyot 
davomida shakllangan. Shu o’tgan davr mobaynida insoniyat feodalizmdan 
kapitalizmgacha, bozor munosabatlari shakllangan davrlargacha teokratik 
davlatdan 
respublika, 
prezidentlik 
boshqaruviga 
asoslangan 
davlat 
tuzilishigacha bo’lgan tarixiy bosqichlarni bosib o’tgan. Islomdagi bu ikki 
yo’nalish fanda 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin