1.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) – “Aljomi’ as-
sahih” (Ishonchli to’plam) yoki “as-Sahih al-Buxoriy”, ishonchli deb
bilganlaridan 7250 ta hadis kiritilgan
2.
Muslim an-Nishopuriy (817-875) –“as-Sahih”, 12 mingta hadis kiritilgan.
3.
Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (824-886) –
“Sunnan”.
4.
Imom Abu dovud Sulaymon Sijistoniy (817-880) – “Sunnan”.
5.
Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892) – “Al-ja’mi al-kabir”.
6.
Imom Ahmad An-Nasoiy (830-915) – “Sunnan”.
Hadislar
sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal
) va
boshqa turlarga ajratildi. Masalan, sunniylikda
sahih
hadislar darajalari bo’yicha
etti xilga bo’lindi:
1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
3) faqat Imom Muslim keltirgan;
4) ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bo’yicha rivoyat
qilingan;
5) Imom Buxoriy shartlari bo’yicha rivoyat qilingan;
6) Imom Muslim shartlari bo’yicha rivoyat qilingan;
7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.
Quyidagi isnodga tegishli texnik terminlar barcha ulamolar tomonidan bir xilda
talqin qilinmasada, asta-sekin ular barqaror istilohga aylanib bordi. Ularni
o’rganish qulay bo’lishi uchun ularni besh guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin.
I.
Roviylarning soniga ko’ra:
mutavotir, mashhur, mustafid, aziz, g’arib, fard,
shozz, ohod hadislar;
II.
Isnodning tabiatiga ko’ra
: muttasil marfu’, muttasil mavquf, musnad,
Dostları ilə paylaş: |