94
normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda «islomiy islohotlar»
nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho’zilib ketdi va ko’p sohalarda
ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislomizm va musulmon
jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g’oyasini aytishimiz mumkin.
Panislomizm g’oyasini birinchi bo’lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg’oniy (1839-
1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo’lib, 1884 yili Parijda Muhammad
Abduh (1849-1905) bilan birgalikda «al-Urvat al-vusqo» jurnalini nashr etdi va
unda panislamizm g’oyalarini targ’ib qila boshladi. Al-Afg’oniyning g’oyalarini
keyinchalik «Musulmon birodarlar» (
al-Ixvon al-muslimun
) radikal shakllarida
rivojlantirildi.
Al-Ixvon al-muslimun – 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx
Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno
Jamoliddin al-Afg’oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib,
panislomizm g’oyasida
jihod
,
islomiy
millatchilik
,
islomiy
davlat
ta’limotlarini
ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan
mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to’lik rioya qiluvchi,
«islomiy adolat» prinsiplari o’rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni
boshlab yubordi.
Al-Ixvon al-muslimun o’z tarixida bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. 1928-
1936 yillardagi davrni xayriya va ma’rifatchilik bosqichi deb atasa bo’ladi.
Keyinchalik u kurash uslubi sifatida terrorni qo’llash darajasiga etgan siyosiy
tashkilot sifatida maydonga chiqdi. Ko’plab davlatlarda uning faoliyati taqiqlandi.
Keyingi davrda al-Ixvon al-muslimun orasida bo’linish yuz berib, ular 3
yo’nalishga ajralib ketdi:
1)
«mo’’tadillar» – Hasan al-Banno va Sayyid Qutb tarafdorlari;
2)
«islom demokratlari» – «islom sotsializmi» ta’limoti tarafdorlari;
3)
«at-Takfir va-l-hijra», «al-Jihod», «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi terror
uslubini qo’llovchi tashkilotlar.
Dostları ilə paylaş: