90
kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo’l qo’yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni
buzganlar qonun oldida javobgardirlar.
Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet
elga yuborishlar va
chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
Diniy tashkilot – bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining
uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o’quv yurtlari va h.k.). Uni tashkil
etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo’lgan kamida 100 kishi a’zo bo’lishi
kerak. O’zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to’lganidan
keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo’lishi mumkin.
Diniy tashkilotlar o’z mulklariga ega bo’ladilar. Binolar, din bilan bog’liq
buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo’ljallangan inshootlar, pul
mablag’lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi.
Diniy tashkilotlarga
tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek, fuqarolardan tushgan
mablag’lardan davlat solig’i undirilmaydi.
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o’tkazish mahalliy hokimiyat
tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko’rsatilishicha, dinga e’tiqod
qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni
va jamoat tartibini, boshqa
fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan darajadagina cheklanish mumkin.
Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat,
jamoat
korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to’laydilar,
ijtimoiy ta’minlanish va sug’urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy
asosda pensiya olish huquqiga egalar.
Qonunning oxirgi 23-moddasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida»gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko’rsatilgan.
Talabalarning diqqatini Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod
erkinligi masalalariga katta e’tibor berilganligiga qaratmog’imiz lozim. Unda
dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko’proq e’tibor berilishi kerakligi
ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy
hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 15 ta diniy konfessiya
vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya
oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida
ta’kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi
mumkin emas. Shunga ko’ra hech qanday konfessiya
boshqalaridan ustun deb
qaralishi yoki ularga o’z ta’sirini o’tkazishga intilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: