86
9-MAVZU:
VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR
REJA:
1.
Vijdon erkinligi tushunchasining mazmuni.
2.
Vijdon erkinligi – umuminsoniy qadriyat sifatida.
3.
Mustaqillik va din.
Tayanch so’z va iboradar:
Vijdon,
erkinlik, e’tiqod, qadriyat, imon,
ma’naviyat, islom,
tolerantlik, dunyoviy davlat,
diniy davlat, jamiyat, diniy
konfessiya.
1. Talabalarga vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda
muhim va murakkab masala bo’lib kelganligi haqida to’liq ma’lumot berishimiz
darkor. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va
insonparvarlik kabi kata ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi.
Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomidan tortib,
barcha xalqaro xujjat va shartnomalarda, mamlakatlarning konstitutsiya va
qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul
qilingan inson huquqlari umumiy dekloratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash,
vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini
o’zgartirish erkinligi, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan
birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka
tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.
Vijdon erkinligi – har bir inson o’zi hoxlagan dinga e’tiqod qilishi
yoki xech
qaysi dinga e’tiqod kilmasligi va dinga nisbatan betaraf bo’lishi, shuningdek, dinga
qarshi bo’lishligi bilan ifodalanadi. Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga
e’tiqod qilish yoki xech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o’z e’tiqodlaridan qaytarib,
dinni ma’muriy tarzda taqiqlab qo’yishning har
qanday nazariy va amaliy
ko’rinishlariga chek qo’yadi. Shuningdek,
u jamiyatdagi barcha dinlar, diniy
tashkilotlar
va diniy birlashmalar, turli dinga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng
huquqli
deb biladi, biror bir dinni boshka dinlardan imtiyozli qilib qo’ymaydi.
SHu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon
erkinligining amalda namoyon bo’lish belgilaridan biri deb hisoblanadi.
Vijdon erkinligining kafolatlari ko’p qirralidir. Ularga O’zbekiston
Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi
qonunida
ta’rif berilgan. Bular:
Dostları ilə paylaş: