Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
True

«Jeneva loyihasi»
deb nomlangan. 
Komissiya deklaratsiya loyihasini BMTga a’zo barcha davlatlarga ko’rib chiqish 
uchun o’z taklif va mulohazalarni bildirish uchun yuborgan. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining yakuniy matnini tayyorlashda 
BMTga a’zo 50 davlat vakillari ishtirok etgan. Bu muhim hujjat 1948 yilning 10 
dekabrida Parijda BMTning Bosh Assambleyasida qabul qilingan. BMT Bosh 
Assambleyasida 56 davlat vakillari ishtirok etgan. SHulardan 2 ta davlat vakili 
BMT Bosh Assambleyasi ishida bevosita ishtirok etmagan va 8 ta davlat vakillari 
betaraf bo’lgan. Shunisi xarakterliki, ishtirok etgan davlat vakillaridan birontasi bu 
muhim hujjatga qarshi ovoz bermagan. 
Tarixda birinchi marotaba 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari 
umujahon deklaratsiyasi»ning 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va 
shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi mustahkamlangan.
39
«Fuqarolik va 
siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt»
ning 6-moddasi 1-bandida har bir 
insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqi ekanligi, bu huquqning qonun 
bilan himoyalanishi belgilab qo’yilgan. Bizning Konstitutsiyamizning 21-31 
moddalarida ham inson va fuqarolarning huquqlari o’z ifodasini topgan.
38
Акмал Саидов. Инсоният ћурлигининг буюк хартияси. //Демократлаштириш ва инсон ћуќуќлари – 2 / 
2008.7-бет. 
39
Ўзбекистон Республикаси ва инсон ћуќуќлари бўйича халќаро шартномалар. / Маъсул мухаррир А.Х. 
Саидов-Т.: «Адолат», 2002, 49-бет. 


88
Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi 18-moddasi xamda Fuqarolik 
va siyosiy huquqlar tug’risida xalqaro Pakt quyidagilarni o’z ichiga olgan. 

O’z xoxishiga ko’ra maslakka yoki dinga e’tiqod qilish; 

O’z maslaki yoki dininni o’zgartirish; 

Diniy rasm-rusm, toat-ibodat marosimlarini o’tkazish; 

Tushunchaga va dinga ega bo’lish; 

Ota-onalariga yoki qarovchilariga o’z tushunchalariga amal qilgan xolda
o’zlarining bolalarini diniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ta’minlash. 
1991 yil 14 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Yangi Qonunni qabul qildi. 
1998 yilda esa ushbu qonunning Yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonun 23 
moddadan iborat.
Qonunning 3-moddasi “Vijdon erkinligi huquqi” deb nomlangan.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun xujjatlari 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu qonun va boshqa qonun 
xujjatlaridan iborat. Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy 
xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, 
huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi 
mumkin. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, 
dinnning davlatdan ajratilishi tamoyilini asosini ta’kidlash zarur. Bu haqida 
Konstitutsiyaning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va 
birlashmalar davlatdan ajratilgan xamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy 
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. 
3. 
1992 
yilda 
qabul 
qilingan 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqining 
kafolatlanishi tabiiy holdir

Yana bir muhim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan 
diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda salmoqli o’zgarishlar sodir 
bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va 
tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy 
obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, Yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy 
tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og’ishmay 
amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning Yangi tahriri qabul 
qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga 
kirdi.
Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning 
maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu 
qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, 
dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek 
diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib 
turishdan iborat».


89
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo’lib, unda har bir 
fuqaro dinga munosabatini o’zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod 
qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq 
esa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi 
ta’kidlandi.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqliligi 
haqida 
so’z 
boradi. 
Rasmiy 
hujjatlarda 
fuqaroning 
dinga 
munosabati 
ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.
Vijdon 
erkinligi 
haqidagi 
qonunning 
5-moddasida 
O’zbekiston 
Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu 
degani davlat diniy masalalar bilan shug’ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy 
boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga 
aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish 
huquqiga egalar.
Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o’rtasidagi 
tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlashi, konfessiyalar o’rtasida adovatni avj 
oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga 
qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo’l qo’ymasligi ta’kidlangan.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan 
Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin