95
-
G’oyaviy-fikriy kurash;
-
jamiyatda g’oyaviy inqilobni amalga oshirish;
-
hokimiyatga faqatgina umma-jamoaning to’liq roziligidan so’ng kelish.
Hizb at-tahrir tarafdorlari ko’pgina musulmon davlatlari, jumladan, Tunis, Iroq,
Jazoir, Sudan, Yaman va boshqalarda o’z faoliyatlarini yashirin olib bormoqdalar.
Uning hozirgi kundagi rahbari Abd al-Qadim az-Zallumdir.
Hizb at-tahrir tuzilish jihatidan piramida shaklidadir. Har bir guruh (
halqa
)
alohida-alohida bo’lib, 5-6 kishidan iborat. Guruhlarning o’quv ishiga
mushrif
rahbarlik qiladi. Undan tashqari guruhda yana bir rahbar –
amir
bo’lib, u
mushrifga
mashg’ulotlarni o’tkazishda bevosita yordam ko’rsatadi.
Mushrif
bir vaqtning
o’zida bir necha guruhda ta’lim ishlarini olib borishi mumkin. O’qish davomida
tinglovchilar diniy mavzudagi mashg’ulotlar bilan birga siyosiy, jumladan,
musulmon davlatlarida sodir bo’layotgan voqealarni diqqat bilan o’rganadilar.
O’zbekiston hududida 1992 yildan boshlab partiyaning boshlang’ich
bo’linmalari tashkil etila boshlagan. Partiya safiga kiruvchilar o’z partiyalari
haqidagi ma’lumotlarni hech qachon oshkor etmaslikka o’z
mushrifi
buyurgan
vazifalarni so’zsiz bajarishga Qur’on bilan qasam ichadilar. Partiya mutasaddilari
o’z tarafdorlarini ko’proq ziyolilar, ilmiy xodimlar, talaba yoshlar orasidan
qidiradilar.
Yetarli ta’lim olgan shaxslar keyinchalik o’zlari mustaqil guruh tuzishlari
lozim. Tahrirchilarning ta’limi bosqichma-bosqich olib boriladi. Birinchi
bosqichda «Islom nizomi» va «Izzat va sharaf sari» kitoblari bo’yicha o’qitiladi,
«al-Va’y» jurnalidagi ma’lumotlar muhokama qilinadi. Keyingi bosqichlarda
«Demokratiya – kufr nizomi», «Siyosiy ong», «Xalifalikning tugatilishi», «Hizb
at-tahrir tushunchalari», «Islomiy da’vatni yoyish vazifalari va sifatlari» kabi
kitoblari o’qitiladi. Bu adabiyotlar partiya manfaatlarini ko’zlab, Qur’on oyatlari
va hadislarni noto’g’ri talqin qilib, dindorlar ongiga ta’sir qilish mo’ljallangan.
Ushbu nashrlar dindorlarni siyosiylashtirilgan islomga targ’ib etib, ularni
fuqaroviy bo’ysunmaslikka va muomaladagi umumiy qoidalarni inkor etishga
chaqiradi.
Hozirgi zamon islom ulamolari – Yusuf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-
Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizb at-tahrirni ohod hadislarga, qabr
azobiga, sirot ko’prigiga ishonmasliklari uchun ularni Ahl as-sunna va-l-jamo’a
safidan chiqqan deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: