O‘zbekiston energetika tizimi tarkibiy jihatdan quyidagi qismlarga bo‟linadi. Shimoliy-G‘arbiy (Taxiatosh) qismi; Janubiy-G‘arbiy (Samarqand-Buxoro) qismi;
10 Markaziy (Toshkent) qismi; Farg‘onaqismi;
Surxondaryo viloyati elektrtarmoqlari.
Energetika tizimining barcha qismlari o‘zaro 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari bilan bog‘langan. Energetika tizimida asosiy iste‘molchilar bo‟lib yirik sanoat korxonalari: Navoiy KMK, Olmaliq KMK, Buxoro NQZ, Farg‘ona NQZ, Sho‘rton GKK, nasos stantsiyalari va boshqa iste‘molchilar hisoblanadi. O‘zbekistonda EETini boshqruvini tashkil etilishi. DBAT EET texnologik jarayonining xarakterli xususiyati bo‘lib elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste‘mol qilish jarayonlarining birligi, hamda energetika tizimining barcha elementlarining ish rejimlarini eng yangi axborot texnologiyalaridan va dasturiyta‘minotlardan foydalanish orqali ta‘minlab beriladigan yaqin o‘zaro aloqasi hisoblanadi. O‘zbekiston EET dispetcherlik boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimi (DBAT) elektr tarmoqlari bilan qamrab olingan butun hudud bo‘yicha energetik tizim holati va ahvoli to‘g‘risida axborotni to‘plash, o‘zgartirish, uzatish, qayta ishlash va aks ettirish, to‘plangan axborot asosida tizim tomonidan uning barcha iste‘molchilarini talab etilgan sifatdagi elektr va issiqlik energiyasi bilan ishonchli va tejamli ta‘minlash funktsiyalarini bajarish (mavjud vositalar hisobiga) maqsadida boshqaruvchi komandalarni uzatish va amalga oshirishni ta‘minlab beruvchi iyerarxik ko‘rinishda qurilgan odam-mashina tizimini o‘zida ifoda etadi. DBAT o‘z