qo‗llaniladi. Birinchi – bu maxsus rostlovchi qurilmalar ishlatmasdan har xil tadbirlar qo‗llash, ikkinchisi bu – maxsus rostlovchi qurilmalar ishlatish. Birinchi tadbir o‗z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Ratsional elektr ta‘minoti sistemasini qurish (korxonalarni ta‘minlaydigan liniyalarda kattaroq kuchlanishlarni qo‗llash, chuqur kirib borishni ta‘minlash, yuklanish koeffitsienti optimal bo‗lgan transformatorlarni
13 qo‗llash, taqsimlovchi tarmoqlar uchun tok o‗tkazuvchilarni qo‗llash va
boshqalar).
2. Chulg‗amlarni sonini o‗zgartirishga ega bo‗lgan transformatorlarda chulg‗am sonini tugri tanlash. 3. Sex nimstansiyalarni ikkilamchi kuchlanish tomonida o‗zaro ulanish qurilmalarini kullash. 4. Bosh pasaytiruvchi nimstansiya transformatorlarini parallel ishlashini amalga oshirib zavodning ichki elektr ta‘minoti sistemasida qarshilikni kamaytirish. 5. Korxonaning hususiy ta‘minlovchi manbalarida generator kuchlanishini rostlash. 6. Rostlash imkoniyati bo‗lgan sinxron elektr yuritkichlardan foydalanish. Kuchlanishni rostlash tadbirining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 1. Bosh pasaytiruvchi nimstansiya transformatorlari uchun yuklama ostida rostlash mumkin (RPN) bo‗lgan transformatorlardan foydalanish. 2. Kompensatsiya qurilmalarini qo‗llash. 3. Maxsus kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni qo‗llash. Elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlash masalasi Elektr tarmoqning kuchlanishi doimo yuklama, ta‘minlash manbasining ish holatlari, zanjirning qarshiligini o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadi. Kuchlanishning og‘ishi har doim