rdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.
Agrar munosabatlarni o‘rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go‘yo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan ko‘pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg‘on tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to‘g‘ri tushunishda renta munosabatlarini o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.
11 КаримовИ. А. Ўзбекистонбуюккелажаксари. Т. “Ўзбекистон” 1998, 239-бетлар.