Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mehanizatsiyalash muhandislar instituti milliy tatqiqot universiteti kafedra



Yüklə 266,91 Kb.
səhifə2/5
tarix06.10.2023
ölçüsü266,91 Kb.
#152732
1   2   3   4   5
Agronsanoat kompleksida

4. Agrobiznes va uning turlari
Qishloq xo‘jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo‘jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o‘zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‘jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma bo‘lish sababli o‘z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo‘jaligining yashovchanligini ta’minlaydi.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi. Shu sababli respublikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko‘rib ishlash natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarining tarkibi fermer xo‘jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan boradi. Fermer xo‘jaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko‘rsatadi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan, birga bu xo‘jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Natijada Respublikada 2007 yil boshiga kelib fermer xo‘jaliklari soni 185492 dan ziyodni tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xo‘jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming gektarni tashkil qilib, bir xo‘jalik ixtiyoridagi yer maydoni 26,3 gektarga to‘g‘ri keldi. 2006 yilda fermer xo‘jaliklarida butun qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 32,3 foizi yetishtirilgan
Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma ma’lum turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonadir.
Agrofirmalar ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.

Yüklə 266,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin