Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mehanizatsiyalash muhandislar instituti milliy tatqiqot universiteti kafedra



Yüklə 266,91 Kb.
səhifə3/5
tarix06.10.2023
ölçüsü266,91 Kb.
#152732
1   2   3   4   5
Agronsanoat kompleksida

Agrosanoat kombinatlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko‘shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.


Renta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromadni taqsimlash va o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikda vujudga keladigan munosabatlar.
Differensial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Differensial renta II – yerlarning iktisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Absolyut renta – qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (er yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik tarmoqlarining birligi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli Ushbu bobda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e’tibor yer rentasiga qaratiladi. Yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to‘xtalib o‘tilib, bob so‘ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.


Yüklə 266,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin