Fanning maqsadi: “Ekologik muhandislik laboratoriyasi” fanining maqsadi - talabalarda atrof
muxit holatini baxolash, atrof muxitdagi yuz berayotgan o‘zgarishlarni kuzatish va baxo berish, atrof
muxitdagi ifloslovchi moddalarni sanitar-kimyoviy taxlil qilishga o‘rgatish hamda egallangan
bilimlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish
uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, suv xavzalarini ifloslanishi va ularni
muxofaza qilish asoslariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini
bajaradi.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: -ekologik monitoring tizimi; atrof muxitni ifloslantiruvchi manbalar; atmosfera monitoringi;
gidrosfera monitoringi; tuproqlar monitoringi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
-tabiiy muxitdagi antropogen o‘zgarishlar monitoring tizimining tasniflanishini; fazoviy
masshtab bilan bog’liq monitoringning o‘ziga hos tomonlarini; ekologik monitoringning
yakka davlat tizimi, uning tuzilishi va funksiyalarini; ekologik monitoringning informatsion-
analitik markazlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv
auditoriyalarida olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik
guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-
stadi” texnlogiyasi ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia
qurilmalari yordamida uzatiladi.
Mustaqil ta’lim Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan
taqdimotlar, guruh bilan ishlanmalar, referatlar tayyorlanadi.
Fan platformasi Fanning to’liq nomi: