Fanning maqsadi: talabalarni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy tushunchalar, maxsus nazariy
bilimlar, jismoniy rivojlanish, tayyorgarlikni o‘stirishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirishga
yordam beruvchi vosita va metodlarni, o‘z-o‘zini jismoniy mukammallashtirish, ommaviy
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va ulardan mustaqil foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: ➢
talabalarda odamning jismoniy kamoloti, bunga muayyan iqlim va boshqa sharoitlarda erishish
haqidagi maxsus bilimlar tizimini hosil qilish, talabalarda gigiyenik malakalarni shakllantirish, ularni
gavdani to‘g‘ri tutishga, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga odatlantirish;
➢
harakatning asosiy jismoniy sifatlari (tezkorlik, kuch-quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillik)
nihar tomonlama rivojlantirish;
➢
maqsadga intilish, mustaqillik va ijodiy qobiliyat, mardlik, sabot va intizom, mas’uliyat,
vatanparvarlik, jamoaviylik, do‘stlik hamda o‘rtoqlikni chuqur his eta bilish; mehnatga va jamiyat
mulkiga ongli munosabatda bo‘lish, madaniy xulq-atvor malakalarini tarbiyalash;
➢
talabalarning “Alpomish” va “Barchinoy” test talablarini bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini
oshirish;
➢
talabalarni kelajak ish faoliyati, bo‘lajak mutaxassisligi (kasbini) inobatga olib kasbiy, amaliy,
jismoniy tayyorlash;
➢
talabalarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jamoatchilik jismoniy tarbiya faoliyatiga
tayyorlash maqsadida ularga murabbiylik va tashkilotchilik ko‘nikmalarini berish;
➢
talaba-sportchilarning sport mahoratini takomillashtirish;
➢
talabalarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish ehtiyojini
shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini mustaqil tarzda olib borish kabi malakalarga ega boʼlishadi.