Toshkent kimyo texnologiya instituti sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi bitiruv oldi amaliyot



Yüklə 300,63 Kb.
səhifə4/4
tarix20.09.2023
ölçüsü300,63 Kb.
#145679
1   2   3   4
AMINOV

Iste'molchiga yordam
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida ”gi Qonuniga binoan, iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar.
Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir:
O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda «O’zstandart» agentligi deb yuritiladi);
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
лиш давлат қўмитаси;
истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилишини ўз ваколатлари доирасида назорат қилувчи бошқа давлат бошқаруви органлари.

Tadbirkorga yordam


“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmak berish boʻyicha maʼlumot!
Bugun aytish lozimki, barchamiz juda katta sinovlardan oʻtayapmiz. Juda koʻp mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi tufayli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarining keskin pasayish holatlari kuzatilmoqda.
Mana shunday murakkab davrda, jamiyatimizda barqaror taraqqiyotni taʼminlash, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida Muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan aniq amaliy choralar koʻrilmoqda.
Prezidentimiz koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, xalqimiz salomatligini asrab-avaylash maqsadida bir nechta murojaat bilan chiqdilar. Bu bejizga emas. Bugungi kun sinovlari barchamizdan birdamlik va ahillikni, hamjihatlik bilan muammolarga yechim topishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligi tizimida ham bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Jumladan, tizim-tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob berish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga standartlarni bepul yetkazib berish va elektron xizmatlar sifatini oshirish vazifalariga eʼtibor qaratilmoqda.
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, qisqa vaqt mobaynida:
– Respublikada faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda profilaktika ishlari oʻtkazilib, 2 337 ta korxonalar standartlar bilan bepul taʼminlandi;
– 836 ta korxonada xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 ming taga yetkazildi;
– xorijiy mamlakatlarning ilgʻor va zamonaviy standartlari mahalliy sanoat korxonalariga yetkazilmoqda, jumladan Amerika materiallar sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM) 12 mingdan, Fransiyaning (AFNOR) – 10 mingdan, Yevropaning EN standartlari MDX davlatlarining 5 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi va tadbirkorlarga yetkazib berilmoqda.
Pandemiya davrida xalqaro standartlar asosida 20 tadan ziyod zarur tibbiyot niqoblari, himoya kiyimlari, antiseptik vositalar, dezinfeksiya vositalariga tegishli standartlar qabul qilinib amaliyotga kiritildi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu standartlar bilan bepul taʼminlandi.
Masalan, Respublikamiz aholisi sogʻligʻini saqlash hamda maxsus himoya niqoblariga boʻlgan meʼyorlarni belgilash maqsadida “Oʻzstandart” agentligi tomonidan Toʻqima va Notoʻqima matolardan himoya va tibbiyot niqoblari davlat standartlari Yevropa ittifoqi standartlari talablari asosida ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda milliy akkreditatsiya tizimida 462ta sinov laboratoriya, 64ta mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish idoralari, 18 ta menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, 14 ta inspeksiya organlari va 80 dan ortiq metrologiya xizmatlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Mamlakatimizda oʻtkaziladigan sinovlar va rasmiylashtiriladigan muvofiqlik sertifikatlariga ishonchiligini taʼminlash yuzasidan bir necha yildan beri akkreditatsiya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish va mavjud jarayonlarni xalqaro talablariga uygʻunlashtirish ishlari olib bormoqda.
“Oʻzstandart” agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “Akkreditatsiya markazi” DUK tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunda Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligida (ARAS) muxbir aʼzo hisoblanadi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va filiallari tomonidan Respublika boʻyicha 800 dan ortiq eksportyor korxonalarning oʻlchov vositalari tegishli tartibda davlat qiyoslovidan oʻtkazilib kelinmoqda.
- Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan shu kunga qadar 1586 ta infraqizil termometrlar bepul tekshiruvlardan oʻtkazib berildi;
Shulardan 300 yaqini yirik ishlab chiqaruvchilar sarasiga kiradi. Manfaatdor tomonlar boʻlgan - jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ariza va murojaatlar elektron shaklda qabul qilinishi yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa ularning ortiqcha vaqtlari va mablagʻlarini tejashga olib keladi.
2020-yilda reja boʻyicha 2900 ta yangi zamonaviy ilgʻor texnikalar mujassamlangan xalqaro standartlar qabul qilinadi.
Murakkab pandemiya sharoitida 2020-yilda Respublikamiz boʻyicha jami 164 ta eksporter korxonalarga “Global G.A.P.“ va ”Organic” standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksportni amalga oshirish maqsadida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, maqsadida jahon mamlakatlari tomonidan tan olingan xalqaro standartlarni qabul qilish ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi kunga kelib qishloq-xoʻjaligi sohasiga tegishli 1276 ta standartlar (shundan 893 tasi xalqaro standartlarga uygʻunlashgan, 70%) amalga kiritilgan. Bularning 309 tasi xalqaro va 6 tasi xorijiy davlatlarning standartlari tashkil etadi.
Bundan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga tegishli 69 ta YEEK OON standartlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, oziq-ovqat sanoatiga tegishli 3509 ta standartlar (2140 tasi xalqaro standartlarga uygʻunlashgan, 61%) amalga kiritilgan. Bularning 424 tasi xalqaro va 23 tasi xorijiy davlatlarning standartlarini tashkil etadi.
Shu kunga qadar 10 ta sertifikatlar taqdim etilgan boʻlib, 135 ta korxonalarda xalqaro standart talablari joriy etilishi davom ettirilmoqda.
Bugungi kunga kelib qishloq-xoʻjaligi sohasiga tegishli 900ga yaqin xalqaro standartlar amalga kiritilgan. Bundan tashqari qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga tegishli 69 ta yevroiktisodiy komisiyasi (YEEK OON) standartlari qabul qilindi.
Xalqaro ekspert (Latviyaning BIOR instituti vakili) tomonidan mamlakatimizda oʻtkazilgan oʻrganish natijasida, hududlarning eksport salohiyatidan kelib chiqqan holda oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish natijasiga koʻra, Respublika hamda Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm markazlaridagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiyalash koʻzda tutilgan, loyiha summasi 11,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini aniqlash imkoniyati yaratiladi, hamda mahsulotlar tarkibidagi genetik modifikatsiyalangan maxsulot miqdorini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi.
Albatta, “Oʻzstandart” agentligi tizimida olib borilayotgan bunday ishlar yurtimizda mahsulotlarni sifatini oshirish bilan birga uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini taʼminlashga yordam beradi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlar sifatini oshirish va xorijiy bozorlarga olib chiqish eng ustuvor vazifadir
Lekin, biz hali biz koʻzlagan maqsadlarga toʻliq yetganimiz yoʻq. Shu bois, “Oʻzstandart” agentligi bu borada Sizlarga koʻmakdosh ekanligini eʼtirof etgan holda birgalikda yuqori sifatga erishish zarurligini bildiradi.
Sohadagi muammolarni oʻz vaqtida hal etish barchamizning burchimizdir, va bu borada faoliyatingizda muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik toʻsiqlarga duch kelayotgan boʻlsangiz bizga murojaat qiling.
Bugungi kunda muvofiqlikni baholash tizimini isloh qilish va ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga keng kiritish borasida sizning xar bir taklif va fikrlaringiz biz uchun juda muhimdir.
Buning uchun, hozirda Agentlikning Facebook tarmogʻida rasmiy sahifasi, Savol-javob (Telegram) kanali, matbuot xizmati sahifasi va ishonch telefoni Sizlarga qulay boʻlishi uchun ishga tushirildi.
Agentlik va uning tizim-tashkilotlarida olib borilayotgan bunday ishlardan koʻzlanga
Shtrixli kodlash
O'zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi
EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN)assotsiatsiyasi va "O'zstandart" Agentligi “Shtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi
GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan
GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami berilgani to'g'risida guvohnoma va EAN tizimiga ko'ra tovar kod tuzilmasini beradi
"O'zstandart" agentligi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi
Original-maketning yuqori qismida albatta Davlat reestridagi ro'yxatga olish raqami ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bu raqamsiz shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo'l qo'yilmaydi
Shtrixli kodlash sohasida:
turli tashuvchilar va firmaga oid o'zi yopishadigan etiketka va yorliklarda shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash;
original-maket va upakovkalarda shtrixli kodlar verifikatsiyasi;
etiketka, upakovka va tovarda shtrixli kodlar bosilishining sifatini tekshirish; • O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini Davlat reestriga kiritish;
avtomatik tarzda identifikatsiyalash va shtrixli kodlash sohasidagi masalalar bo‘yicha seminar, yig'ilishlar o'tkazish;
shtrixli kodlash texnologiyalarini qo'llagan holda avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va joriy qilish.
Firmaning o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlar va turli tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki tovar va xizmatlarni sertifikatlash fuqorolarning sog’ligi va xayotini, xavfsizliginini taminlash, tabiatni va atrof - muxitni muxofazasini, sanitariya va gigiena talablarini va umumiy ovqatlanish talablarini, Davlat standarti talablariga mosligini taminlash maqsadida amalga oshirilar ekan biz bu soxani chuqur o’rganib uning rivojlanishi uchun o’z hisamizni qo’shishimiz lozimdir.


Standartlashtirish, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini hamda mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularnining xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi va iste’molchilar huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur uyg‘unlashtirish darajasiga erishish.
“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.

Foydalanilanilgan adabiyotlar

Toru Yoshizav, Handbook of opticalmetrologiya 2008


КлевлеевВ. М. Метрология стандартизации и управления качеством 2004
Ziyo.uz
Nashriyot.uz
Tkti.uz
K. H. Siddiqov 2018
Yüklə 300,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin