JN ni baxolash. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlariga ajratilgan reyting bali o‘quv rejasida belgilangan umumiy soatning 40% ini tashkil etadi.
Laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha talabaning reyting bali uning nazariyotdan topshirgan kollokviumi, laboratoriya ishini bajargani va tayyorlagan hisoboti bo‘yicha belgilanadi. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha reyting bali kuyidagicha taksimlanadi: kollokvium topshirish – 30%, ishni bajarish – 30%, xisobot topshirish – 40%.
Baholash usullari
Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar.
Baholash mezonlari
5 baho «a’lo»
fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish;
fanga oid ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish;
o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
fanga oid tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;
o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;
tahlil natijalari asosida vaziyatga to‘g‘ri va xolisona baho berish;
o‘rganilayotgan ishlab chiqarish jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
o‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli xulosalar qabul qilish.
4 baho «yaxshi»
o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish;
o‘rganilayotgan ishlab chiqarish jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish;
o‘rganilayotgan jarayonlarni jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.