Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «enologiya» kafedrasi



Yüklə 399 Kb.
səhifə9/25
tarix11.05.2023
ölçüsü399 Kb.
#111426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
ALKOGOLLI VA ALKOGOLSIZ ICHIMLIKLAR ISHLAB CHIQIRISHNING NAZARIY ASOSLARI o’quv-uslubiy majmua

Nazorat savollari



  1. Bijgish mahsulotlari ishlab chiqarishda qanday mikroorganizmlardan foydalaniladi?

  2. Mikroorganizmlarni rivojlanish davrlari.

  3. Mikroorganizmlarni ko‘paytirish va o‘stirish uslublari.

  4. Achitqi xujayralarini tuzilishi.



Tayanch so‘z va iboralar: mikroorganizmlar, eukariot, prokariot, mikroorganizmlarni sirt yuzasida ko‘paytirish, mikroorganizmlarni suyuq muxit ichida o‘stirish, achitqilar, sof achitqi ekini, bakteriyalar, zamburug‘lar.
3-MARUZA
ACHITQI XUJAYRALARI METABOLIZMI. MIKROORGANIZMLAR METABOLIZMINI BOSHQARISH.


Reja

  1. Achitqi xujayralari metabolizmi.

  2. Achitqi xujayrani tuzilishi.

  3. Xujayra organoidlari.

  4. Mikroorganizmlar rivojlanishiga tashqi muhit omillarni ta`siri.



Xujayra

Xujayra – tirik materiyani asosiy birligidir. O‘simlik va xayvon xujayrasini asosiy komponenti bo‘lib shilimshiq sitoplazma xisoblanadi. Uning ichida yadro, endoplazmatik tarmoq, ribosoma, goldji apparati, mitoxondriya, lizosoma va mikrosomalar joylashgan. Bular xujayra organoidlari yoki organellalari deyiladi. Ular xujayrada maъlum funksiyalarni bajaradi.


Xujayra organoidlari membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, xujayrani qismlarga, bo‘laklarga ajratadi.
Xamma mikroorganizmlarni faoliyatida modda almashuv jarayoni yotadi. Natijada oddiy moddalardan murakkab moddalar sintez bo‘ladi. U jarayonlar ichida oqsil va azotsiz moddalar biosintezi eng muxim xisoblanadi.
Xujayra organoidlari membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, xujayrani qismlarga, bo‘laklarga ajratadi. Ular bir tarafdan xujayra strukturasini ajratsa, boshqa tarafdan xujayrani xar xil qismlarini, organellalarni bog‘laydi. CHunki membrana modda almashuvini va xarakat yo‘li xisoblanadi.
Membranani muxim xususiyatlariga ularni fermentlar yordamida amalga oshadigan metabolitik reaksiyalarni maъlum ketma-ketlikda ketishida qatnashishi hisoblanadi.
Membranalar xujayraga foydali moddalarni o‘tkazib, tashqariga faoliyat mahsulotlarini chiqaradi va boshqarish funksiyasini bajaradi.
Xar bir xujayrani tashqi qismi elastik qoplama sioplazmatik membrana, xujayrani ajralmas qismi sifatida qoplangan. Sitoplazma tashqi muxit bilan 3 qatlamli sitoplazmatik membrana bilan chegaralangan.
Tashqi muxitdan moddalar xujayraga tashqi sitoplazmatik membrana orqali, endoplazmatik tarmoq kanallari yordamida yadroga va xujayra organoidlariga tashiladi Ribosomada sintez natijasida xosil bo‘layotgan fermentlar yordamida boshqa moddalarga aylanadi. Xosil bo‘layotgan moddalar endoplazmatik tarmoq kanallari orqali tashqi sitoplazmatik membranaga o‘tadi va u orqali tashqi muxitga chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari ular sitoplazmada xam yig‘iladi. Granulalar va vakuolalar xosil qiladi.
Oqsillar endoplazmatik tarmoq kanallari orqali Goldji apparatiga o‘tadi.
Xar bir xujayra organoidlari maъlum funksiyani bajaradi. Mitoxondriyada organik moddalar oksidlanadi va ATF (adenozin tri fosfat kislotasi) sintez bo‘ladi. Ribosomada oqsil sintez bo‘ladi. YAdroda DNK (dezoksiribonuklein kislota) yig‘iladi.
Membranani faol yuzasida biokimyoviy reaksiyalar yuz beradi. Mebranalarni asosiy strukturaviy elementi bo‘lib 2 ta oqsil monoqatlami (2,5 nm) va ular orasida joylashgan lipidlar biqatlami xisoblanadi (5,5 nm). Membranani umumiy qalinligi 7-8 nm.
Membranalar fermentni aktivligini o‘zgartirib xujayra ichidagi biokimyoviy jarayonlarga katta taъsir etadi. Masalan, ko‘pchilik fermentlar faqat membrana yuzasida adsorbsiyalangan xolatida faol bo‘ladi, boshqalari esa faqat membranadan ajralgan xolatda sitoplazmada faol bo‘ladi.

Yüklə 399 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin