Passiv transport Passiv transportdan tashqari baъzi moddalarni membranadan o‘tishida energiya talab qilinadi. Bu jarayon aktiv transport deyiladi. Aktiv transportda moddalarni o‘tishi gradientga qarshi yuz beradi. Bunday transport energiyani sarflash xisobiga (ATF) boradi. Aktiv transportda fermentlar ishtirok etadi. Xujayraga tushgan modda, maъlum bir yuzada ushlanib qolinadi. Baъzi ionlar, magniy va kalsiy oqsillar bilan birikadi.
Aktiv transport Aktiv transport orqali xujayra strukturaviy elementlari o‘zaro taъsir etadi.
Aktiv va passiv transportdan tashqari membranadan moddalarni o‘tishini – osonlashtirilgan diffuziya jarayoni xam bor. Bu oddiy diffuziyadan va aktiv transportdan farq qiladi. Osonlashtirilgan diffuziyada moddalar xuddi passiv transportdagiday yuz beradi. Farqi shundaki o‘tish tezligi, passiv transporttga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu membranadagi katalizatorlar orqali amalga oshiriladi. Modda bilan ferment bog‘lanishi tufayli yuz beradi. Masalan, S modda membranadagi X modda bilan SX kompleksini beradi. Membranadan o‘tgandan keyin u yana X va S ga ajraladi.
Xujayra membranasidagi moddalarni o‘tkazuvchi ferment sistemasi translokazalar deyiladi. Ular membrana ichida joylashgan bo‘ladi.
Fosfataza achitqi xujayrasini sitoplazmasini yuzasida joylashgan. Fosfatlarni va glyukozani xujayraga kiritishda ishtirok etadi. Geksokinaza, yaъni glyukozani fosforlovchi ferment, sitoplazmani ichki qismida joylashgan. Saxarozani xujayraga kirishi membrana yuzasida joylashgan invertaza (β-fruktofuranozidaza) tufayli amalga oshiriladi. Saxaroza sitoplazmatik membranadan o‘tmaydi. Birinchi navbatda gidrolizlanadi, geksoza xosil bo‘ladi.
Nazorat savollari.
Mikroorganizmlar metabolizmini boshqarish prinsiplari.