Biologik membranani tuzilishi va funksiyasi. Biologik membrana asosan lipidlardan va oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar xujayrani o‘tkazuvchanligini boshqarishda muxim rol o‘ynaydi. Ular gidrofob xususiyatga ega, yaъni suvda erimaydi.
Lipidlar ikki qismdan tashkil topgan: uzun qutbsiz qismi («dumi») va qutbli bosh qismidan iborat. Bu qismlar membrana xosil bo‘lishida muxim rol o‘ynaydi. Suvda lipid molekulalari mikroskopik tomchi xosil qiladi –mitsella. Qutbli qismi suvga qaratilgan bo‘ladi.. Lipidlarni konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda yupqa bimolekulyar qatlam xosil qiladi. Biologik membrana xosil bo‘lishida oqsillar xam muxim rol o‘ynaydi. Lipidlarni polyar qismi oqsillar bilan birlashish xususiyatiga ega.
Xujayra organoidlarini funksiyasi.
Sitoplazmada sferik shaklda (0,2-0,8 nm) lizosomalar bo‘ladi. Ularda gidrolitik fermentlarni (oqsillarni, nuklein kislotalarni, polisaxaridlarni parchalovchi fermentlarni) saqlaydi. Xujayraga kelayotgan moddalarni lizosoma fermentlari parchalaydi. Lizosoma xujayrani ozuqa xazm qilish sistemasi xisoblanadi. Lizosoma fermentlari xujayrani o‘zini xam gidrolizga uchratish xususiyatiga ega. Bundan esa uni membrana saqlaydi. Membranani faol yuzasida biokimyoviy reaksiyalar yuz beradi. Endoplazmatik tarmoqni ichida ribosomalar joylashgan. Ribosomada oqsillar sintez bo‘ladi. Endoplazmatik tarmoqda shu bilan birga yog‘ kislotalari, steroidlar, fosfolipidlar sintezlanadi va boshqa muxim biokimyoviy jarayonlar yuz beradi. Endoplazmatik tarmoq xujayrani kimyoviy kombinati xisoblanadi (xujayra uchun kerakli moddalar sintezlanadi).
Nazorat savollari.
Xujayra organoidlarini funsiyalari.
Mikroorganizmlar rivojlanish va o`stirishiga tashqi muhit omillarini ta`siri.
Bakteriyalar.
Achitqi xujayralari metabolizmi.
Tayanch so‘z va iboralar:mikroorganizmlar, o‘stirish uslublari, rivojlanish davrlari, xujayra organoidlari, metabolism, tashqi muhit omillari