Toshkent kimyo-texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» fakulteti «enologiya» kafedrasi


-MARUZA MIKROORGANIZMLAR METABOLIZMINI BOSHQARISH



Yüklə 399 Kb.
səhifə11/25
tarix11.05.2023
ölçüsü399 Kb.
#111426
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
ALKOGOLLI VA ALKOGOLSIZ ICHIMLIKLAR ISHLAB CHIQIRISHNING NAZARIY ASOSLARI o’quv-uslubiy majmua

4-MARUZA
MIKROORGANIZMLAR METABOLIZMINI BOSHQARISH.


Reja

  1. Achitqi xujayralari metabolizmini boshqarish.

  2. Assimilyatsiya va disimillyatsiya jarayonlari.

  3. Biologik membranalarni o‘tkazuvchanligi.

  4. Passiv va aktiv transport.



Membranani o‘tkazuvchanligi.

Xamma membranalar yarim o‘tkazuvchan xisoblanadi va tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega. Ular xujayra faoliyatida muxim rol o‘ynaydi.


Xujayra membranasini muxim xususiyatlaridan biri xujayralararo va ichki xujayralar orasida osmotik bosimni saqlashdan iborat. Agar membrana erigan moddani o‘tkazmasa, suvni o‘tkazsa, unga osmotik kuch taъsir etadi. Suv molekulasi membrana orqali o‘tib modda konsentratsiyasini tenglashtirishga xarakat qiladi. Agar xujayradagi erigan moddani konsentratsiyasi, tashqi muxitdagiga nisbatan kam bo‘lsa, suv molekulasi membrana orqali tashqariga xarakat qiladi. Buning natijasida xujayra siqiladi. Bunday eritma xujayraga nisbatan gipertonik eritma xisoblanadi. Agar erigan moddani konsentratsiyasi xujayrada yuqori bulsa, gipotonik deyiladi, bu xolda suv xujayra ichiga xarakat qiladi. Xujayra bo‘kadi va yoriladi. Xujayra tirik qolishi uchun membrana erigan moddalarni o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak. Bunday xolatda diffuziya jarayoni yuz beradi.
Biologik membrana orqali moddalarni o‘tishi transport deyiladi. Tansportni eng oddiysi kichik o‘lchamli molekulani (masalan, suvni) membrana orqali kimyoviy bog‘siz xujayraga kirishini aytish mumkin. Bu passiv transport deyiladi. Bu gradient orqali yuz beradi. Passiv transport molekulani o‘lchamiga va tuzilishiga bog‘liq. Suv, kislorod, azot membrana orqali qarshiliksiz o‘tadi. Xlor, kaliy ionlari 1000 marta sekin tezlikda o‘tadi. Qandli moddalarni o‘tishi siklik tuzilishiga bog‘liq.
Moddalarni o‘tishi ularni gidrofilligi va lipofilligiga bog‘liq. Masalan, lipofilli molekula oqsil qatlamidan o‘tib, lipid qatlamida «eriydi» va qarshiliksiz membranadan o‘tadi. Gidrofilli molekula qutbli oqsil qatlami bilan lipid qatlamiga siljiydi, lekin lipid qatlam bunga qarshilik ko‘rsatadi.

Yüklə 399 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin