Nazorat savollari
Mikroorganizmlar ferment manbai sifatida.
Mikroorganizmlarni ko‘paytirish va o‘stirish uslublari.
Bijg‘ish mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan fermentlar.
Amilolitik fermentlar va ularni turlari.
Immobilizatsiyalangan fermentlar.
Fermentlarning katalitik aktivligi.
Fermentlarni faolligiga taъsir etuvchi omillar.
Tayanch so‘z va iboralar: fermentlar, fermentlarning katalitik aktivligi. immobilizatsiyalangan fermentlar, amilolitik fermentlar, fermentlarni faolligiga taъsir etuvchi omillar, mikroorganizmlar, Mixaelis-Menten tenglamasi, biomassa, biosintez.
6-MAЪRUZA.
UZUM SUSLASINI AJRATISHNI NAZARIY ASOSLARI
Reja
Uzumga ishlov berishdagi biokimyoviy jarayonlar.
Uzum sharobi uzum tarkibidagi moddalarning biokimyoviy va fizik-kimyoviy o‘zgarishlari mahsulotidir. SHarob tayyorlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: uzumni maydalash, sharbatni va turpni fermentlash, spirtli bijg‘itish, sharob hosil qilish uni saqlab etiltirish va eskirtirish. Uzumga ishlov berish va sharbat olishdan boshlab uni bijg‘ishiga qadar o‘tgan davr sharbatni fermentlash davri hisoblanadi. Bu davrda fermentativ jarayonlar juda jadal sodir bo‘ladi. SHarbatni fermentlashdagi biokimyoviy jaranlarning sodir bo‘lish tezligi uzumdagi oksidlovchi fermentlarning aktivligiga, muhitda anorganik katalizatolar (temir, mis va boshqalar) borligiga, shuningdek, uzum to‘qimalarining emirilish tezligiga bog‘liq. Uzum to‘qimalarining emirilish darajasi esa turpni maydalash va presslash usullariga, sharbatni saqlash sharoitlariga, uning aeratsiya darajasiga hamda atrof-muhit temperaturasiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |