asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish uchun auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o’z malakasini oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko’rsatish uchun sharoitlar yaratishi mumkin. -Lavozimini ko’tarish. Qoida va amallar xizmati bo’yicha ko’tarilayotgan xodimlarning yangi lavozim egallashlari mumkin ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun xodimlarni, ular tomonidan har gal majburiyatlarini bajarganlaridan so’ng baholash va ularning lavozimini eng bo’lmaganda yilda bir marta ko’tarishga maslahat berish zarur. -Mijozlarning ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi. Qoida va amallar auditorlik tashkiloti rahbariyati vijdonini yo’qotgan xo’jalik yurituvchi subekt bilan bog’lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Auditorlik tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo’lg’usi mijoz bilan ish olib borgan taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot olinishi kerak. -Tekshirib (nazorat o’tkazib) turish. Qoidalar va amallar auditor ishlarining sifatini nazorat qilish samarali o’tkazilayotganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish uchun har bir xizmatchining majburiyatlarini tanlash, ushbu majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan, boshqa hamkorlar yoki xizmatchilar tomonidan o’tkazilgan bo’lishi lozim. Ma’muriy ishlar va xodimlar yuritadigan ishlarni ham nazorat asosida tekshirilishi zarur. Auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilib turish natijalarini hujjatlar bilan tasdiq-laydigan tavsiyalar bildirilishi kerak. Hujjatlar shakli va hajmi auditorlik tashkilotining katta-kichikligi, faoliyat ko’rsatuvchi bo’limlar soni, faoliyat