*
maxsus kartochka schyotini ochish uchun shartnoma mavjudligi, korxona korparativ
kartasiga ega shaxslar ro’yxati, berilgan bank kartasining tiplari;
*
trans chegara to’lovlarini amalga oshirish chog’ida amaldagi valyuta qonunchiligiga
rioya qilinishi (O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi chet el valyutasidagi hisob-
kitoblar);
*
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjudligi;
*
korporativ kartalar egalarining hisobotlari mavjudligi;
*
ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarni to’lash uchun korporativ kartalar
ishlatilmaganligi;
*
kurs farqlarini to’liq aks ettirish va hisob-kitob qilish to’g’riligi.
13-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI
13-MAVZU
: MAJBURIYATLAR AUDITI
REJA:
13.1.Korxona uzoq muddatli majburiyatlarining xususiyatlari
13.2.Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash
13.3.Uzoq muddatli majburiyatlar auditida amalga oshiriladigan audit amallari
13.4.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi
13.5. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
13.1.Korxona uzoq muddatli majburiyatlarining xususiyatlari.
Uzoq muddatli majburiyatlar o’z ichiga obligatsiyalar va ipoteka qarzlarini oladi. Uzoq
muddatli majburiyatlarning murakkabroq turi ta’minlangan ipoteka obligatsiyasi, qaytarib
sotib olish huquqi, moliyaviy fyucherslar, derivativlar, optsion va rejalashtirilmagan boshqa
Dostları ilə paylaş: |