419
Xarajatlar smetasi
– byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari
oluvchi
tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda
tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks
ettiriladigan hujjat;
Xususiy tibbiy sug‘urta
– sug‘urtalanuvchi shaxs ixtisoslashgan xususiy
sug‘urta tashkiloti bilan kelishilgan ma’lum haq (sug‘urta mukofoti) evaziga tibbiy
xizmatdan foydalanish bo‘yicha xarajatlarning yuzaga
kelish xavfini yumshatish
maqsadida tashkilot bilan kelishilgan miqdordagi sug‘urta badallarini sug‘urta
tashkilotiga o‘tkazib boradigan tizim;
Yuridik majburiyatlar
– byudjet tashkilotlari va byudjet-dan mablag‘
oluvchilar bilan ularga mol (tovar, xizmat, ish) yetkazib beruvchilar o‘rtasida
tuzilgan
shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarining qarorlari asosida byudjet tashkilotlarida va byudjetdan mablag‘
oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar.
Dostları ilə paylaş: