Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi. Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra, b
yudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Davlat byudjetining joriy xarajatlari 
markaziy va mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlari va 
byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta’minlash 
shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning 
ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy 
yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridir.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari – 
byudjet xarajatlarining innovatsiya 
va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul 
mablag‘lari bo‘lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 
investitsiya loyihalari bo‘yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital 
ta’mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan barpo qilinadigan korxo-
na, tashkilot va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan 
moliyaviy mablag‘lar kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko‘ra,
davlat byudjeti xarajatlari 
quyidagi guruhlar bo‘yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab 
qo‘yilgan): 
1.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari. 
2.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari. 
3.
Iqtisodiyot xarajatlari. 
4.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 
5.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlab 
turish xarajatlari. 
6.
Sudlarni saqlab turish xarajatlari. 


127 
7.
Fuqarolarning o‘zini – o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari. 
8.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent 
shahri shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari. 
9.
Boshqa xarajatlar. 
Sanab o‘tilgan har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatida, 
mahkamaviy va 
maqsadli belgisiga ko‘ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‘ra xarajatlar 
byudjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki boshqa davlat 
boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga 
ko‘ra tahlil qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida 
xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishi-
ga ko‘ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag‘lari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, 
Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf 
etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi, idorasi yoki alohida 
byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‘lari maqsadli belgisiga ko‘ra 
xarajatlarning aniq turlari bo‘yicha aniqlashtiriladi. Masalan, byudjet tashkilotiga 
ajratilgan byudjet mablag‘lari ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to‘lash, joriy 
ta’mirlash, asbob-uskunalar va jihozlar, oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish kabi 
xarajat turlari (muassasaning xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari) 
bo‘yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi. 
Hududiy belgisiga ko‘ra,
byudjet xarajatlari umumdavlat va mahalliy 
hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‘linadi. Umumdavlat xarajatlari odatda 
davlat byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat 
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat 
organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, byudjet xarajatlarini 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar, 
shuningdek, shahar, tuman byudjetlari mablag‘laridan amalga oshiradilar. 


128 
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat 
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o‘zida aks 
ettiradi. Buni quyidagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkin.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin