Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi aholining muhtoj qatlamlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi aholining muhtoj qatlamlari 
bandligini oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan, 
quyidagilardan iborat: 

ishsizlik darajasi yuqori mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan 34 ta tumanda 
4 300 000,0 mln.so‘m miqdoridagi korxonalar mablag‘lari va tijorat banklari kreditlarini jalb 
qilgan holda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish yo‘li bilan qishloq joylarda barqaror ish 
o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish; 

aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari 
bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari hisobidan 
60 000,0 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish orqali bandlikni va oila 
daromadlarini oshirish; 

respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad 
manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan 400 000,0 mln.so‘m hajmida bank 
kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, 
parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, 
urug‘ va ko‘chatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‘l bilan aholi 
tomorqasidan foydalanish samaradorligini oshirish, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmini ko‘paytirish; 

Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa davlatlar 
hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5 mln.doll. (o‘rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun 
– 3 000,0 mln.doll.) grant mablag‘lari va imtiyozli kreditlarini, shuningdek, Bandlikka 
ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz 
fuqarolarni kasbga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali ularni kasbga 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
 
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga quyidagi xarajat 
guruhlari kiradi: 

iqtisodiyotga xarajatlar; 

markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 
Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‘naltirilgan xarajatlari so‘nggi 
yillarda jami xarajatlarning 10-11 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni 
moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar esa o‘rta hisobda 5-6 foizni tashkil etgan.
“Odamga bitta baliq bering va u 
bir kunlik yemishga ega bo’ladi, 
uni baliq ovlashga o’rgating va u 
bir umrlik yemishga ega bo’ladi” 
 
Qadimiy xitoy maqoli
 


131 
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv 
xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, 
o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi 
kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish, 
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, standartlashtirish 
va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek 
geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari
gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish, atrof-muhit va 
landshaftning, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
Bu turkum xarajatlarning tarkibi va tuzilishini 2018-yil uchun mo‘ljallangan 
byudjet xarajatlari parametrlari bo‘yicha o‘rganish shundan dalolat beradiki, 
byudjetning “iqtisodiyotga xarajatlar” guruhida shu davrning ustuvorliklaridan 
kelib chiqib, quyidagi xarajatlar ko‘zda tutilgan: 

suv xo‘jaligining ekspluatatsion xarajatlari; 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;

hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 
uchun maqsadli mablag‘lar;

aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari. 
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga 
respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
xarajatlari, 
jumladan: 
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 
investitsiya loyihalari, davlat maqsadli dasturlari va davlatlararo bitimlarni amalga 
oshirish; sug‘oriladigan yerlarni tiklash va yangilarini o‘zlashtirish, suv xo‘jaligi 
qurilishi hamda kichik gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining 


132 
muhandislik infratuzilmasi, birinchi navbatda, yakka tartibdagi qurilish 
massivlarini rivojlantirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat obyektlari va 
ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini 
rivojlantirish; davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantrish va mustahkamlash; 
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy 
ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish xarajatlari kiradi. 
Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida mamlakatni boshqarish, 
hukumat idoralarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan 
byudjet mablag‘lari tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, 
prokuratura va sud organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini 
saqlash xarajatlari kiradi, bu turkum xarajatlar so‘nggi yillarda davlat byudjeti 
xarajatlarining 4,5-4,9 foizini tashkil qilib kelmoqda. 
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida “Boshqa xarajatlar” guruhi jami byudjet 
xarajatlarining qariyb 1/5 qismini tashkil qilayotganligini ko‘rish mumkin. Bunga 
sabab, asosan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar, 
jumladan: 

saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xarajatlari, shu 
jumladan, okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish; 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, YuNESKO va 
boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a’zolik badallarini to‘lash bilan bog‘liq 
xarajatlar; 

O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va davlatning 
kafolatli majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar; 

davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash xarajatlari; 


133 

jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona organlarini saqlash, 
mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash kabi xarajatlar byudjet 
parametrlarida “boshqa xarajatlar” guruhida aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash 
va uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti xarajatlari 
orqali iqtisodiyotda yalpi talabni rag‘batlantirishning ilg‘or usullari hamda 
mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini rejalash-
tirish va ijro etishning zamonaviy vositalari va ilg‘or usullarini qo‘llashga alohida 
e’tibor qaratish orqali kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va 
natijadorligiga erishiladi. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin