134
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksida davlat byudjetining holatini
belgilab beruvchi tushunchalarga quyidagicha ta’riflar
berilgan
41
:
Davlat byudjeti daromadlarining byudjet xarajatlaridan oshish holati yuzaga
kelganda,
byudjet profitsiti
paydo bo‘ladi. Byudjet profitsiti, odatda, davlatning
qarz majburiyatlarini to‘lashga va likvidli mablag‘larini ko‘paytirishga jalb etiladi.
8.8-rasm. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining holati
Sobiq Ittifoqdama’muriy-buyruqbozlikyillarida
davlat byudjeti taqchilligi
uzoq vaqtlargacha mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida tan olinmagan.
41
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi (O‘RQ-360-son. 26.12.2013). 3-modda.
Dunyoning ko’pgina mamlakatlaridaharyilgi taqchillikning va tez o’sib boruvchi davlat
qarziningmavjud bo’lishi kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib, byudjet taqchilligining
YaIMga nisbatan foiz hisobida o’sgan davlatlar bu ko’rsatkich pasayganmamlakatlarga
nisbatan ko’pchilikni tashkil etgan. AQSHda Ikkinchi jahon urushi yillarigacha byudjet
taqchilligi bo’lmagan, faqat urush yillarida davlat byudjetida taqchillik yuzaga kelgan.
Davlat byudjeti profitsiti–
muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti
daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi.
Davlat byudjeti taqchilligi –
muayyan davrda O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti
xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi.
135
Davlatbyudjetini shakllantirishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan
talabdan kelib
chiqqan holda, ularni moliyalashtirish uchun mablag‘lar qidirib topilardi va shu
asosda davlatning moliyaviy manfaatlari ta’minlanardi. Rejali iqtisodiyot ma’lum
davrlargacha hech qanaqa larzalarsiz, bir tekisda ma’muriy-buyruqbozlik asosida
rivojlanib borishi daromadlar va xarajatlar orasida “kasallik” alomatlarini aniq
ko‘rsatmadi. Ammo, keyingi davrlarda (80-yillarning oxiriga kelib) sobiq Ittifoqda
byudjet taqchilligi holati yuzaga chiqa boshladi. Dastlabki
yillardagi byudjet
taqchilligi jamg‘arma kassalardagi aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘lar, uzoq
muddatli hayot sug‘urtasi badallarining o‘sishi va aholi o‘rtasida davlatning ichki
yutuqli zayom obligatsiyalarini chiqarish (sotish) hisobiga qoplab borildi. Bu
turdagi qarzlar oldindan mavjud bo‘lgan resurslarni qayta taqsimlash asosida
amalga oshirilganligi uchun moliyaviy-moddiy balansning buzilishiga olib
kelmadi, ammo bu jarayon davlat qarzlarining o‘sishiga olib keldi. 1986-yilda
byudjet taqchilligining juda tez sur’atda o‘sib ketishi (45,5 mlrd. rubl) Ittifoq
moliya tizimining parokandalik holatini boshlab berdi.
Ammo byudjet
taqchilligini favqulodda, mustasno hodisa deb qarab
bo‘lmaydi. O‘zining tarixiy va iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu bosqichida
byudjet taqchilligiga duch kelmagan davlat bo‘lmasa kerak. Masalan, AQSH da
federal byudjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969-yildagina taqchilliksiz ijro
etilgan.
Taqchillikning hajmi:
−
milliy valyutada absolyut summada;
−
mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga
nisbatan;
−
milliy daromad hajmiga nisbatan;
−
byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: