148
Byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni
tasdiqlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida
Davlat byudjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi taqdim
etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Respublika byudjetidan xarajatlari rejalashtirilgan byudjet tashkilotlari va
byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan
hisobot
davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga shu vazirlik uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy
byudjetlardan xarajatlari
rejalashtirilgan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjetdan
ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi
hisobot-
larni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgi-
lagan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat
byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni,
shuningdek, davlat maqsadli jamg‘ar-
malari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga
hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha
taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi audit o‘tkazish va
baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga
hisobot yilidan keyingi
yilning 5-apreligacha
yuboradi. Hisob palatasi yillik
hisobotga doir xulosani
hisobot yilidan keyingi yilning
10-mayidan kechiktirmay
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob
palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning
15-mayidan
kechiktirmay
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga
taqdim etadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli
149
jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni Oliy Majlis Qonunchi-
lik palatasining siyosiy
partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo‘mita-
larida muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqilgan yillik hisobot Oliy
Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi
Qonunchilik
palatasining
qarori
bilan
tasdiqlanadi.Shundan keyingina davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining rasmiy web-saytiga joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: