150
9.
Byudjet defitsiti deb nimaga aytiladi? Byudjet defitsitini keltirib
chiqaruvchi omillar qaysilar?
10.
Iqtisodiy rivojlanishning turli davrlarida O‘zbekiston
Respublikasida
mavjud bo‘lgan byudjet defitsitining sabablarini aniqlang. Hukumatning qanday
tadbirlari byudjet defitsiti muammosining hal qilinishiga qaratildi?
11.
Byudjet jarayoni nima, u qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
12.
Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil etish xususiyatlari
nimalarda namoyon bo‘ladi?
Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning
davlat byudjeti orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni
to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini
tushuntirib bering.
2.
Xorijiy davlatlar byudjet tizimlari va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi
bo‘yicha taqdimot tayyorlang.
3.
Byudjet qonunchiligini tashkil qiluvchi hujjatlar ro‘yxatini
tuzing va har
biriga qisqacha izoh yozing.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mahalliy
byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga oid ma’ruzalari asosida
taqdimot tayyorlang.
5.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti
daromadlari tarkibi va
tuzilishining tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va himoya qiling.
6.
Davlat moliyasini sog‘lomlashtirish va byudjet daromadlari barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqing va shu asosda
taqdimot tayyorlang.
7.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlarining so‘nggi 3
yillik ijrosi ma’lumotlari asosida tahliliy ish bajaring.
151
8.
Davlat byudjetining markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish
xarajatlarining byudjet xarajatlari tarkibidagi hamda Davlat
investitsiya dasturini
moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ko‘rgazmali
ma’lumot tayyorlang.
9.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari, xarajatlari va
byudjet defitsitining dinamikasini aks ettiruvchi ma’lumotlarni to‘plang,
ularni
jadval (diagramma, grafik) tarzida rasmiylashtiring va qisqacha xulosa yozing.
10.
Internet resurs manbalaridan foydalanib, horijiy davlatlar byudjetlarining
holati to‘g‘risida taqdimot tayyorlang.