Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-BOB. DAVLAT MAQSADLI VA BYUDJETDAN TASHQARI



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

9-BOB. DAVLAT MAQSADLI VA BYUDJETDAN TASHQARI 
JAMG‘ARMALARI
9.1.
 
Davlat maqsadli jamg‘armalarining zarurligi, mohiyati, 
ahamiyati va vazifalari 
Davlat moliyasini sog‘lomlashtirish, byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
moliyaviy resurslari barqarorligini, ularni shakllantirish manbalari mukammal 
nisbatini va butligini ta’minlash, byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaviy 
resurslaridan samarali foydalanish masalalari O‘zbekiston Respublikasida amalga 
oshirilayotgan moliya tizimidagi hamda davlat ijtimoiy siyosati doirasidagi 
islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan 
“Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi belgilab berildi. Avvalo, ushbu ustuvor yo‘nalishlar va ulardagi amalga 
oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi 
kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta’kidlash lozim.
Darhaqiqat, Farmonda ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida mamlakatda 
huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor 
munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni 
rivojlantirishga, xalqning osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-
sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin 
egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. “Harakatlar 
strategiyasi”ning “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish 
sifatida belgilangan bo‘lib, bu yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni 
ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, 
muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va 


153 
modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, 
aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash 
sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, 
umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni 
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. “Samarali mehnat 
uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va 
tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – 
bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini 
belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, 
balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha 
ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-
bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” - deydilar Prezidentimiz 
Sh.M. Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida
44
. Ushbu vazifalarni amalga oshirishning 
moliyaviy manbalaridan biri bu davlatning maqsadli jamg‘armalaridir.
Har bir jamiyat o‘zining milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlariga asosan 
mehnatga qobiliyatsiz va vaqtinchalik ishsiz aholi qatlamini himoya qilishni va 
boshqa ijtimoiy vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Jahon tajribasidan ma’lumki, 
ushbu maxsus davlat maqsadli funksiyalarini davlat byudjetidan amalga oshirish 
hamma vaqt ham samarali emas. Qoidaga ko‘ra, inqirozlar, yuqori inflyasiya, 
ijtimoiy va siyosiy larzalar sharoitida ushbu funksiyalarni davlat byudjetidan 
moliyalashtirish samarasining pasayishini kuzatish mumkin. 
Davlat byudjeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi 
hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammo xarajat moddalari 
bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda 
ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar 
uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham 
 
44
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 07.12.2016 yil.-www.uza.uz- internet 
sayti ma’lumotlari asosida 


154 
rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli 
ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli 
byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: 

ma’lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish; 

hukumat qarorlariga asosan aniq maqsadli yangi byudjetdan tashqari 
jamg‘armalarni tashkil etish. 
Iqtisodiy 
rivojlanishning 
hozirgi 
bosqichida 
ikkala 
usuldan 
ham 
foydalanilmoqda.
Alohida davlat organlari sifatida tashkil etilgan byudjetdan tashqari 
fondlarning institutsional tuzilmalariga alohida e’tibor qaratadi. Biroq, bunday 
subyektlar barcha byudjetdan tashqari bitimlarni ushlab turishi mumkin emas
45

Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi
jamiyat uchun 
muhim bo‘lgan xarajatlarni byudjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar 
hisobidan ta’minlashdir. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining muvofiqligini 
ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarni 
daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda 
emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta 
guruhlanishini ham talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va 
xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda 
jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini 
qat’iy talab etadi. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki 
byudjet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan. Hukumat 
faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar 
 
45
Dimitar Radev, Richard Allen «Extrabudgetary Funds» 2010 y. p.1-2 


155 
mahsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu 
jamg‘armalar qoidaga ko‘ra, vaqtinchalik xarakterga ega edi. Davlatning 
rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar
o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy 
o‘zgarib turar edi. 
Markazlashgan 
davlatning 
barqarorlashuvi 
bilan 
birgalikda 
mahsus 
jamg‘armalarni 
muvofiqlashtirish 
davri 
boshlandi. 
Turli 
jamg‘armalarni 
birlashtirilishi asosida davlat byudjeti tuzildi. Bugungi kunda davlat byudjeti bilan 
bir qatorda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ahamiyati ortib bormoqda. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi sifatida yuridik va 
jismoniy shaxslar - ijtimoiy kafolatlarning iste’molchilari hisoblanar ekan, 
to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining taqsimlanishi mamlakatning barcha 
fuqarolariga ta’lluqli bo‘ladi va shuning uchun ham byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi. 
 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar – 
davlat organlari tomonidan milliy 
daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari manfaatlarini nazarda tutgan holda 
qayta taqsimlashning bir usulidir (9.1-rasm). 
Davlat o‘z tadbirlarini moliyalashtirish uchun aholi daromadlarining bir 
qismini jamg‘armalarga jalb etadi. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar haqida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: 

byudjetdan tashqari fondlar markaziy boshqaruv xarajatlarining katta 
qismini tashkil etadi. Ijtimoiy himoya fondlarini o‘z ichiga olgan holda ular 
umumiy xarajatlarning 46 foizini tashkil qiladi; 

ijtimoiy himoya jamg‘armalari umumiy xarajatlarning 35 foizini hisoblab 
chiqadigan byudjetdan tashqari faoliyatning yagona eng ko‘p shaklidir; 

ijtimoiy himoya fondlari byudjet tashqari faoliyatlar darajasi, rivojlangan 
mamlakatlar va o‘tish va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda mos bo‘lishi 
bilan birga, ijtimoiy xavfsizlik jamg‘armalari, rivojlangan mamlakatlarda markaziy 
hukumat xarajatlarining katta qismini tashkil etadi; 


156 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin