147
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga daromad-
larni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan organ va tashkilotlar, bundan davlat soliq xizmati
organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to‘g‘ri
hisoblab chiqili-
shi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek,
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq
xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
Byudjet ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluv-
chilarga turli darajadagi byudjetlardan byudjet mablag‘larini ajratishga yo‘l qo‘yil-
maydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa
moliya organlari davlat
byudjeti ijrosini nazorat qilishda:
–
turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
–
turli darajadagi byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va
bojxona
organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan
axborotlar oladi;
–
byudjet mablag‘lari oluvchilardan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning
tushumi va sarfi to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilib oladi;
–
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag‘lari harakati to‘g‘-
risida ma’lumotlar oladi;
–
o‘z vakolatlari doirasida byudjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘ja-
lik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi.
Byudjet kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, byudjet
tizimi byudjetlari xara-
jatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi (8.13-rasm):
Dostları ilə paylaş: