145
Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi
byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
belgilangan byudjet tizimi byudjetlari
daromadlarining tushishini ta’minlash va
xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek,
ularning ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni
hisobga olishni nazarda tutadi.
Toshkent shahar mahalliy
byudjeti
Xalq deputatlari Toshkent
shahar Kengashi
Tumanlar va shaharlar
byudjetlari
Tumanlar va shaharlar
hokimlari qarorlari bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahri mahalliy byudjetlari qabul
qilinganidan keyin
bir haftalik
muddatda
8.11-rasm. Mahalliy byudjetlarning qabul qilinishi
Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanganidan keyin O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini,
shuningdek, ularga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan beriladigan
subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar hajmlarini Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlik-
lari e’tiboriga –
uch ish kuni ichida,
byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun
belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga –
o‘n ish
kuni ichida
yetkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari
bir haftalik
muddatda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan hamda viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari
va byudjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: