143
−
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakun-
lari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining
prognoz bahosi;
−
davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining
loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozi;
−
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari joriy yildagi
ijrosining prognoz bahosi;
−
soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihasi;
−
davlat byudjetiva davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasi;
−
davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
−
soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda davlat byudjeti va
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xati.
Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga –
joriy yilning 15-sentyabriga
qadar
kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi
Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun –
joriy yilning 20-sentyabriga qadar
kiritadi. Hisob palatasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va byudjet siyosatining asosiy
yo‘nalishlari, davlat byudjeti va davlat maqcadli jamg‘armalari byudjetlarining
loyihasi bo‘yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi
tomonidan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan
joriy
yilning 15-oktyabridan
kechiktirmay kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: