144
qabul qiladi. Demak,
davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun
Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qarorlarini ijro etish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, ushbu qaror bilan:
−
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi;
−
davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari;
−
davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari;
−
davlat maqsadli jamg‘armalarining asosiy parametrlari;
−
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari miqdorlari;
−
mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmlari, respublika
byudjetidan subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning chek-
langan miqdorlari;
−
umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat-
lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning normativlari va Byudjet
kodeksining 98-moddasida belgilangan boshqa ko‘rsatkichlar tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich-
lar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qarori
qabul qilingandan so‘ng byudjet tizimining tegishli byudjetlari qabul qilinadi. Bu
byudjetlar qaysi organ tomonidan va qanday muddatlarda qabul qilinishiquyidagi
rasmda aks ettirilgan (8.11-rasm):
Dostları ilə paylaş: