158
−
jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudjetlar,
shuningdek, boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun hujjatlarida
e’tirof etilmagan maqsadlarga sarflanmaydi;
−
jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosida amalga
oshiradi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar davlatning ijtimoiy
va iqtisodiy siyosatini
o‘zida mujassam etuvchi jamg‘armalar hisoblanadi. Byudjetdan tashqari
jamg‘armalar asosan ijtimoiy va iqsodiy jamg‘armalarga bo‘linadi. Byudjetdan
tashqari jamg‘armalarni tashkil etish bevosita davlatning boshqaruv organlari
tomonidan ishlab chiqiladi va asosiy vazifalari belgilanadi
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudjetga
kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik
asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir.
Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari
davlat tomonidan jamiyat
ehtiyojlarini va mustaqil kompleks ravishda xarajat qilish uchun jalb etilgan
mablag‘larni
qayta
taqsimlash
va
ulardan
foydalanish
bilan
bog‘liq
munosabatlardir. Byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalarining afzalliklariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
−
ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashning
qoldiq tamoyillarini bartaraf etish imkonini beradi;
−
byudjet xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va byudjetdan
mablag‘ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qiladi;
−
mablag‘lardan maqsadli foydalanadi va moliyaviy resurslarni ko‘paytirish
imkonini yaratadi.
Professor A. Vahobovning
fikricha, “Byudjetdan tashqari jamg‘armalar avval
mahsus jamg‘armalar va o‘ziga xos hisobraqamlar ko‘rinishida mavjud bo‘lgan.
Davlat o‘zining faoliyat doirasini kengaytirishi bilan tobora yangi xarajatlarga
ehtiyoj seza boshladi. Ularni qoplash uchun mablag‘lar mahsus jamg‘armalarda
to‘plandi va maxsus maqsadlarga qaratildi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar
159
maqsadliligiga ko‘ra ijtimoiy va iqtisodiy, boshqaruv darajasiga ko‘ra markaziy va
mintaqaviy jamg‘armalarga bo‘linadi”
49
.
Professor L.A.Drobozinaning fikricha, byudjetdan tashqari maqsadli
jamg‘armalar jamiyatdagi ayrim xarajatlarni moliyalashtirish va komleks ravishda
tezkor mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash, davlat
orqali jalb qilinadigan
moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish usulidir
50
. Bunday
jamg‘armalar vaqtinchalik tusga ega bo‘ladi. Davlat tomonidan belgilangan
tadbirlarning bajarilishi va ularni moliyalashtirishning to‘xtatilishi sababli
jamg‘armalar
ham
o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Shundan kelib chiqib,
jamg‘armalarning miqdori doimo o‘zgarib boradi: ba’zilari tugatiladi, ba’zilari
tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: