161
tadqiqotlar, ilmiy markazlar qurilishi, kadrlarni tayyorlash
sohasidagi dasturlarni
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Turli mamlakatlarda turli yo‘nalishlarga qaratilgan jamg‘armalar ularda
tanlangan moliyaviy siyosatiga mos ravishda tashkil etiladi.
Bir mamlakatda
mavjud bo‘lgan byudjetdan tashqari jamg‘armaning mavjudligi ikkinchi bir
mamlakatda
ham
huddi
shu
jamg‘armaning
mavjud
bo‘lishiga
asos
bo‘lmaydi.Davriylik xususiyatiga ko‘ra byudjetdan tashqari jamg‘armalarni doimiy
va vaqtinchalik jamg‘armalarga ajratish mumkin. Vaqtinchalik jamg‘armalar
ma’lum
bir davrga tuzulib, o‘zining oxirgi maqsadini amalga oshirganidan so‘ng
to‘xtatiladi. Bugungi kunda davlat byudjetida Byudjet Kodeksi bilan belgilab
berilgan davlat maqsadli jamg‘armalari ham konsolidatsiyalashadi
va davlat
byudjeti bilan birgalikda jamlanma byudjetni (konsolidatsiyalashgan byudjet)
tashkil qiladi.Konsolidatsiyalashgan byudjet O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda
byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari
jamg‘armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini, ular
o‘rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibi rasmda
ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi (9.4-rasm):
Dostları ilə paylaş: