Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

9.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining 
tarkibi
52
 
 
52
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 7-bob, 46-modda asosida. 
Konsolidatsiyalashgan byudjet 
Davlat byudjeti 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjeti va mahalliy byudjetlar
Davlat maqsadli 
jamg’armalari
Tiklanish va taraqqiyot 
jamg’armasi
Respublika byudjeti


162 

Davlat byudjeti;

davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari; 

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti bilan bir qatorda, 
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda 
byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning ham ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. 
Bu hol ular daromadlarining shakllanish ko‘lamlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Xususan, maqsadli jamg‘armalar daromadlari ohirgi yillarda konsolidatsiyalashgan 
byudjet daromadlarining o‘rtacha 33,7 – 35,7 foizni tashkil qilgan.
Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan ta’minlash 
maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan 
byudjetdan tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan, davlat byudjeti 
tarkibiga kiruvchi “ijtimoiy sug‘urta fondi” negizida byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi tuzilgan. Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat byudjetidan ajralib 
chiqqani bois adabiyotlarda “nobyudjet fondlar” yoki “byudjetdan tashqari 
fondlar” deb yuritilgan. Shuningdek, Byudjet kodeksining qabul qilinishi va 
amalga kiritilishigacha bo‘lgan oxirgi o‘n yilliklar davomida “Byudjet tizimi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi bilan bir qator 
jamg‘armalarning davlat byudjetida konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab 
berildi va ular byudjet nazariyasi va amaliyotida “davlat maqsadli jamg‘armalari” 
degan umumiy nom oldi. Lekin jamlanma byudjet tarkibiga kirmagan, shakllanish 
manbalari va ishlatish yo‘nalishlari hukumatning tegishli qarorlari bilan belgilab 
qo‘yilgan, vazirliklar va boshqa davlat idoralari tasarrufidagi fondlar ham bugungi 
kunda davlatning ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini qo‘shimcha mablag‘ bilan 
ta’minlash uchun xizmat qilib kelmoqda va ularga nisbatan adabiyotlarda 
“maqsadli fondlar” iborasi qo‘llanilmoqda. 


163 
Bugungi kunda konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi davlat maqsadli 
jamg‘armalari qatoriga quyidagi jamg‘armalar kiradi: 

O‘zbekistonRespublikasiMoliyavazirligihuzuridagibyudjetdantashqariPensi
yajamg‘armasi; 

Davlatmulkinixususiylashtirishdantushganmablag‘larjamg‘armasi;

O‘zbekiston 
Respublikasining 
Bandlikka 
ko‘maklashish 
davlat 
jamg‘armasi. 
2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan 
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari ko‘zda tutila 
boshlandi. Mazkur jamg‘arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo, bazaviy 
tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish loyihalarining 
amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va 
investitsion siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan. 
Byudjet nazariyasi va amaliyoti bir joyda qotib turmaydi, jamiyatda amalga 
oshirilayotgan islohotlar, har bir davrning rivojlanish ustuvorliklari, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning oldidagi vazifalardan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi, 
takomillashib boradi. Xususan, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda 
ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish
53
maqsadida “Moliya 
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli 
Qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, 
akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal 
ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Byudjetdan tashqari ta’lim va 
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi 
tashkil qilindi.
 
53
“Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining PQ-2847-sonli (18.03.2017) Qarori 


164 
Bugungi kunda ushbu qayta tashkil etilgan jamg‘armaning mablag‘lari 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar 
strategiyasida nazarda tutilgan fan va ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi keng 
ko‘lamli tadbirlar va dasturlarni moliyalashtirishga safarbar etilmoqda. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar halqaro doirada quyidagicha farqlanadi: 
-
rivojlanish mablag‘lari: odatda, donorlik hissasini qo‘shadigan va ba’zan 
ichki manbalar (masalan, xususiylashtirish tushumlari), masalan, ijtimoiy fondlar, 
atrof-muhit fondlari va tarmoq fondlari kabi rivojlanish dasturlarini qo‘llab-
quvvatlash uchun yaratilgan mablag‘lar; 
-
investitsiya jamg‘armalari: muayyan investitsiya maqsadlari bilan tashkil 
etilgan va qimmatbaho qog‘ozlar, obligatsiyalar, mol-mulk, qimmatbaho metallar 
yoki suveren fondlar kabi boshqa moliyaviy aktivlardan tashkil topgan mablag‘lar; 
-
shartli (zaxira) mablag‘lar: favqulodda vaziyatlar uchun kutilgan 
mablag‘lar yoki kutilmagan xarajatlar; 
-
barqarorlik jamg‘armalari: daromadlarni hukumat va iqtisodiyotga ta’sirini 
kamaytirish 
maqsadida 
tashkil 
etilgan 
mablag‘lar, 
masalan, 
neftni 
barqarorlashtirish fondi; 
-
Jamg‘arma mablag‘lari: kelajak avlodlar uchun, masalan, neftni tejash 
jamg‘armalari kabi boylik do‘konini yaratishga intiladigan mablag‘lar; 
-
Moliyalashtirishni moliyalashtirish: neftni moliyalashtirish jamg‘armalari 
kabi neft va boshqa resurslardan olinadigan daromadlardan foydalangan holda 
muntazam xarajatlarni emas, balki umumiy byudjet balansini moliyalash uchun 
foydalaniladigan mablag‘lar; 
-
Konventsiyaning mablag‘lari: donorlar yordamining (shu jumladan 
noqonuniy) oqimlari bilan bog‘liq mablag‘lar, tegishli donorlar talablarini inobatga 
olgan holda muayyan tartib-qoidalar asosida boshqariladi; 
-
Qaytariladigan mablag‘lar: tovarlar va xizmatlar uchun ajratilgan 
mablag‘lar va kreditlash operatsiyalari bilan to‘ldirilgan mablag‘lar va uning 
daromadi uning davom ettiradigan operatsiyalarini moliyalashtirish uchun mavjud 


165 
bo‘lib qoladi, aks holda byudjet mablag‘lari to‘lashni talab qiladigan byudjet 
qoidalari bilan xavf tug‘diradi; 
-
Savdoni moliyalashtirish: o‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyili bo‘yicha 
hukumatning savdo faoliyatini moliyaviy mexanizmni ta’minlash uchun tashkil 
etilgan mablag‘lar; 
-
mablag‘larni jamg‘arish: davlat yoki hukumat tomonidan to‘plangan 
mablag‘lar, odatda qarzni to‘lash uchun soliq, majburiyat yoki majburiyatlardan 
kelib chiqadi; 
-
Har xil byudjetdan tashqari hisobotlar, shu jumladan maxfiy mablag‘lar: 
vazirlik va idoralar tomonidan olib boriladigan, ko‘pincha vazirlar va tayinlangan 
mansabdor shaxslardan foydalanish uchun
54


Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin