184
Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha
Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma tomonidan beriladigan kredit resurslari
bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida
ajratiladi. Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va tijorat banki
o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo‘yicha alohida belgilanadi.
Ajratilgan mablag‘larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan
holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha
qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining
10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan
birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini
to‘lash, qoidaga ko‘ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat
bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans to‘lovini qaytarishga berilgan
kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: