Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
1) Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan
mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma
majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi;
2) jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
-
korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aktsiyalar
(ulushlar)ni, er uchastkalarini (shu jumladan, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon
xo‘jaligini yuritish) uchun er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi
o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag‘lar;
-
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz
oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha
hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
-
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan
daromadlar;
-
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari
(bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
-
xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda
davlat ulushi bo‘yicha tushumlar;
174
-
protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni
rad etgan auktsionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan
ushlab qolingan zakalat summalari;
-
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan
shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;
-
Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar
qaytarilishidan tushumlar;
-
sud qarorlari bo‘yicha tushumlar;
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ushbu mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida
jamlanadi. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar
soliqqa tortilmaydi.
Jamg‘arma
mablag‘larini
taqsimlash
,
qonunchilikda
belgilangan
mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
-
96,5 foizi — kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan
ob’ektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish uchun tijorat banklariga;
-
1,5 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini
rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shu
jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga
yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga;
-
2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish, shu
jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan ob’ektlar elektron bazasi va reestrini
shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l
xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va
raqobatni
rivojlantirish
davlat
qo‘mitasining
byudjetdan
tashqari
jamg‘armasiga.
175
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida
foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-
taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 17
yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari
asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar
Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli ravishda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent
shahrining mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan
jamg‘arma mablag‘larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan
shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari
kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auktsion savdolarida fuqarolarga er
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan
tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar bundan mustasno hisoblanadi.
Bunda:
-
tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar
(baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar
xizmatlarini
to‘lash
xarajatlari)
chegiriladi.
Davlat
aktivlari
oldi-sotdi
shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat
raqobat qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga
avval yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar ularning
tushishiga ko‘ra har haftada yo‘naltiriladi.
176
Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 foizi
miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning
(Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi qonunchilikda
nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar,
berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda
taqsimlanadi:
-
50 foizi — Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari
jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
-
qolgan qismi — yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va
ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to‘liq
miqdorda Jamg‘arma hisobiga o‘tkaziladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni
amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda
tanlov (tanlab olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin:
-
davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni
ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni
tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;
-
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aktsiyalari
(ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib
olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish;
-
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni
rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan
normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-
tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish;
177
-
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo‘mitasi
huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazida Davlat
raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat
ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish;
-
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot
texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik
kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal
kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
-
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish
bo‘yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo‘yicha maslahat xizmatlari
ko‘rsatish;
-
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish. Baholovchi
tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat raqobat qo‘mitasi
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi.
Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib
qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |