125
−
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga;
−
davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan
aloqalarining ko‘lamiga;
−
davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
−
byudjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, qabul
qilinayotgan iqtisodiy
rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat
byudjetining ulushi yuqori bo‘ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik
markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish
xarajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori
jamiyatdagi ijtimoiy
muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy
dasturlarni davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa,
xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo‘ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun
tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko‘rsatiladi va,
byudjet
daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyat
hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalar-
ning holatini tavsiflaydigan muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning
ayrim korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, davlat investitsiya
dasturlarida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini qo‘shma
moliyalashtirish,
ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot)
muassasa va tashkilotlarini saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga
ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi
moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi
va hokimiyati, sud organlari, fuqarolarning o‘zi -o‘zini
boshqarish organlarini
saqlash, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to‘laqonli va o‘z
vaqtida
126
bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining muhim moliyaviy manba sifatidagi
ahamiyati juda katta.
Dostları ilə paylaş: