Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm.Soliqlarlarning turli mezonlarga ko‘ra guruhlanishi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

8.5-rasm.Soliqlarlarning turli mezonlarga ko‘ra guruhlanishi
36
 
 
To‘g‘ri soliqlar
bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi 
uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini 
ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l 
bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stavkalari 
 
36
Nurmuxamedova B. Davlat byudjeti. O‘quv qo‘llanma. -T.: "IQTISOD-MOLIYA". 2018. 210-bet.
 
Soliqlarlarningguruhlanishi 
Soliqqa tortish 
obyektiga ko‘ra 
Iqtisodiy 
mohiyatiga 
ko‘ra 
To‘g‘ri 
(bevosita) 
soliqlar 
Byudjet tizimi darajalari 
daromadlarini 
shakllantirishiga ko‘ra 
Umumdavlat 
soliqlari 
To‘lovchisiga 
ko‘ra 
Yuridik shaxs-
lar to‘laydigan 
soliqlar 
Oborotdan 
olinadigan soliqlar 
Daromaddan 
olinadigan soliqlar 
Mol-mulk qiy-
matidan olinadigan 
soliqlar 
Yer maydoniga 
qarab olinadigan 
soliqlar 
Egri 
(bilvosita) 
soliqlar 
Mahalliy 
soliqlar 
Jismoniy shaxs-
lar to‘laydigan 
soliqlar 


115 
ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojla-
nishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlari stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor 
iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Egri soliqlarning
yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi 
keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq 
to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga 
ustama ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab 
chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralab, mamlakat ichida tovar-
lar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, 
bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda 
oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil 
qilinmasdan oshirib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda 
olishni ham, byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin. 
Bu soliqlarning yana bir tomoni – muomaladagi ortiqcha pul massasini 
kamaytirib, inflyatsiyani jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnat bilan band 
bo‘lgan aholining real daromadlarini pasaytiradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar 
stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘proq mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jahon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga qarab u yoki bu 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini yoki iqtisodiy qiyinchiliklarini 
tahlil qilish mumkin. Masalan: AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining byudjet 
daromadida 90 foizga yaqin bo‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal 
qilayotganidan darak beradi. 
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji, 
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun kabisoliqlar kiradi.


116 
Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra soliqlarning 
umumdavlat va mahalliy soliqlarga
bo‘linishi hukumat idoralarining markaziy 
hukumat va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi (8.6-rasm).

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin